Page 273 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 273
qilish va sezgirlik darajasini oshirish maqsadlarida ayrim chora – tadbirlar
amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, jumladan disklar tizimiga ega
bo‘lgan logarifmik potensiometrik reostat va shuningdek katta sig‘imga
ega bo‘lgan kondensatordan foydalaniladi.
Garchi nisbatan qo‘pol tarzdagi natijalar olinishi kuzatilsada, boshqa
bir qo‘llaniluvchi variant – bu ommetr bo‘yicha qarshilikning
hisoblanishidan tashkil topgan. Boyukos tomonidan qo‘llanilgan gips
bloklari mualliflar tomonidan takomillashtirilib (Boujoucas, 1940; 1947;
1948; 1950; 1953; 1954), bu yo‘nalishda ko‘plab tadqiqotlar amalga
oshirilgan (Anderson, 1942; Colman, 1946; 1949; 1950; Hendrik, Colman,
1951; Cummings, Chandcer, 1940; Kelly, 1944; Kelly va boshqalar, 1945;
Kelly, 1946; Kaebel, Singlair, 1940; Slater, Bryant, 1946). Natijada esa
usulning ijobiy jihatlari va kamchiliklari aniqlangan. Jumladan,
aniqlanishicha, gipsli bloklar hohlagan qiymatdagi namlik sharoitlarida
tuproq elektr o‘tkazuvchanligi qiymatini o‘lchashda qo‘llanilishi mumkin
emasligi qayd qilingan, bunda dala nam sig‘imidan tortib havo – quruq
holatigacha o‘rganib chiqilgan.
Tuproq namligi oshgan va namlik qiymati kamaygan holatlarda
datchiklarning qoniqarli natijalarni berishi susayishi qayd qilinadi. Bu usul
eng yaxshisi o‘rtacha namlik intervallarida (erkin namlik sharoiti)
qo‘llanilishi ijobiy hisoblanishi kuzatiladi. Shuningdek, namlik
almashinishi xususiyati bo‘yicha gipsni idel tarzda hisoblash mumkin
emas – bu holatda uning tarkibida geterezis hodisasi amalga oshishi
kuzatiladi, ya’ni namlikning tuproqqa to‘liq holatda berilishi amalga
oshmaydi va o‘z navbatida bu holat ko‘p marta takroriylikda
foydalanilganda natijalarning o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bundan
tashqari, gips bir necha oydan keyin foydalanish uchun yaroqsiz holatga
kelib qolishi aniqlangan.
Ushbu holatga bog‘liq tarzda tadqiqotchilar tomonidan ko‘pgina
oraliq yangi muhitlar sinovdan o‘tkazilgan: jumladan, suvsizlantirilgan
loy, beton aralashmasi, rezinka po‘kak, sement, tish davolashda
qo‘llaniluvchi pasta va boshqalar sinovdan o‘tkazilgan. So‘nggi yillarda bu
maqsadlarda fibrolit, shisha va neylondan foydalanish istiqbollari bo‘yicha
tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Kolman va Xendrik (1946, 1949, 1950, 1951) tomonidan bir necha
yillar davomida amalga oshirilgan tadqiqotlar seriyasida ushbu usul
takomillashtirilib, natijada 1946 yilda ular tomonidan toza kvars va
to‘qima ko‘rinishidagi (Colman, Hendrik, 1949) nisbatan o‘zini oqlovchi
maxsus shisha toladan foydalanish tavsiya qilingan. SHisha tola bo‘yicha
268