Page 275 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 275
kuzatilishicha, presslangan va panjarasimon holatdagi elektrodlar
joylashtirilgan gips, shisha tola materialidan ishlangan datchiklar nisbatan
samarali hisoblanilishi qayd qilingan. Biroq, bu datchiklar ma’lum vaqt
davomida qo‘llanilishi natijasida buzilishi kuzatiladi, yarim yil davomida
foydalanganidan keyin ularning tarkibida o‘zgarishlar qayd qilinadi.
Ushbu masala yuzasidan tizimli tarzda tadqiqotlar olib borgan
Danilin olingan natijalar asosida quyidagicha xulosalarga keladi, ya’ni
datchiklarning ishlash barqarorligini ta’minlash maqsadlarida ko‘mirdan
yasalgan elektrodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu
ko‘rinishdagi elektrodlar buzilmaydi, korroziyaga uchramaydi va uch yil
davomida dala sharoitida foydalanilgandan keyin ham ularda sezilarli
o‘zgarishlar qayd qilinmaydi. Bunda ko‘mir elektrodning uchki qismlari
mislanadi, so‘ngra esa o‘tkazuvchi simlar payvandlanadi, payvandlash
sohalarining ustki qismi suvga chidamli kley bilan qoplanadi. Nisbatan
yaxshi hisoblangan oraliq muhit sifatida daryo qumi va birinchi o‘rinda
shisha tola tavsiya qilinadi. Usulning sezgirligi shisha tolaning qatlamining
qalinligi bilan bog‘liq bo‘lib, u qanchalik yupqa bo‘lsa, namlik qiymatlari
yuqori sharoitlarda doimiy qiymatlardan elektr qarshiligining
o‘zgarishlariga tomon o‘zgarishlar boshlanishi kuzatiladi.
Ko‘mirdan yasalgan datchiklar o‘lchamlari 50x10x30 mm ni tashkil
qiluvchi ikkita ko‘mir elektroddan tashkil topgan bo‘lib, bir – biridan to‘rt
millimetrli izolyasion ustuncha parchalari bilan ajratilgan, bu ustun ebonit
va viniplastdan yasaladi. Elektrodlar oralig‘i shisha tola – shishasimon
paxta bilan to‘ldiriladi, elektrodlarning yuqorigi qismi esa uch qavatli
shisha tola bilan o‘raladi. Qabul qilish yuzasining va nam sig‘imining
yuqoriligi sababli shisha tolaning tuproq bilan namlik almashinuvi yaxshi
aks etadi va tuproq bilan ishonchli bog‘lanish ta’minlanadi.
Qarshilikning o‘lchanishi M-1101 tipidagi megaommetr yordamida
amalga oshiriladi. Bu qurilma sanoat miqyosida ishlab chiqarilib, ikki
ramkali logometr tipidagi o‘lchash mexanizmi, qo‘l bilan boshqariluvchi
doimiy tok generatoridan tashkil topgan. Qurilmaning og‘ish qiymati
qurilma dastagining aylanish tezligi 2 aylanish/sek qiymatida va butun
shkala uzunligida (80 mm) ±1% ni tashkil qiladi. Qurilma o‘lchamlari 195
x 130 x 150 mm, og‘irligi – 3,6 kg ni tashkil qiladi.
Qurilma ko‘rsatkichlarida elektrodlarning qutblanishining ta’sirini
yo‘qotish maqsadlarida datchiklarning qurilma klemmalari bilan
biriktirilish joyini almashtirish va bu ko‘rinishdagi ikkita o‘lchash
o‘rtasidagi o‘rtacha qiymatlarni olish talab qilinadi. Datchiklarning
qarshilik qiymatlarini ko‘rsatishlari bo‘yicha tahlillar laboratoriya
270