Page 279 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 279
kursidan bizga ma’lum bo‘lgan dissotsiatsiyalanish qonuniga muvofiq
eritmada elektrolitlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, solishtirma
6
elektr o‘tkazuvchanlik ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Mazkur uslubni amaliyotda tuproq va suvning sho‘rlanganlik
darajasini nazorat qilishga joriy etish quyidagilarga asoslanadi:
- uslubni jahon tajribasida 50 yil davomida qo‘llanilayotganligi (1);
- uni O‘rta Osiyo tuproqlari sharoitiga moslashtirish imkoniyati
mavjudligi (2);
- elektrokonduktometr – asbobiga mahalliy iste’molchilar
tomonidan ehtiyoj borligi (3);
- tuproqlarning sho‘rlanishini monitoring qilish uslubini
takomillashtirish zarurligi.
Tuproqlar sho‘rlanishini aniqlashning elektrokonduktometriya uslubi
klassik uslub hisoblangan kimyoviy tahlil qilish uslubining yangi
imkoniyati (alternativasi) hisoblanadi.
Tuproqda erigan moddalar miqdorini aniqlash sho‘rlanish tufayli
qishloq xo‘jalik ekinlari hosiliga etkazilgan zarar va uni yo‘qotilishini
oldini olishda muhim hisoblanadi, chunki o‘simliklar tuproq eritmasining
elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash natijalari bo‘yicha hisoblanadigan
7
eritmaning osmotik potensialiga ta’sirchan hisoblanadi .
1
ЕС s
ом
Uslubni O‘zbekistonda joriy etilishi. Odatda, tuproq yoki suv
namunalarining sho‘rlanganlik darajasini aniqlash maqsadida laboratoriya
sharoitida to‘liq yoki qisqartirilgan kimyoviy tahlillar bajariladi. Bu
sermashaqqat ish bo‘libgina qolmay, balki etarlicha vaqt va reagentlar,
maxsus asbob-uskunalar va malakali kadrlarni talab etadigan jarayon
hisoblanadi.
Ko‘p yillar davomida chet el amaliyotida tuproq va suvning
sho‘rlanganlik ko‘rsatkichi sifatida eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini
o‘lchash uslubi qo‘llanilmoqda, klassifikatsiyalari, statsionar sharoitda
o‘lchash asboblari va portativ (ko‘tarib yurishga qulay bo‘lgan)
elektrokonduktometrlarning seriyali tiplari ishlab chiqarilgan.
6 Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik (ЕС) – 1 metrdagi detsisimens (dS/m), 1 santimetrdagi
millisimens (mS/cm) ва 1 mikrosimens (µS/cm) larda o’lchanadi.
1S/m = 10 dS/m = 10 mS/cm
1dS/m = 1 mS/cm = 1000 µS/cm
7 To’yingan tuproq eritmasining elektr o’tkazuvchanligiga osmotic potensialining taxminiy bog’liqligi:
осм 36 ЕСе
,
0
274