Page 281 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 281

qo‘ymaydigan  elektrodlar  montaj  qilib  ichiga  o‘rnatilgan  haroratli
            kompensatori mavjud. Muallif tomonidan yaratilgan va Angliyaning ELE

            firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan asboblar yordamida konsentratsiyasi
            40  g/l  gacha  bo‘lgan  eritmalarning  elektr  o‘tkazuvchanligini  o‘lchash
            natijalarini solishtirish olingan ma’lumotlar bir-biriga to‘la mos kelishini

            ko‘rsatdi (korrelyasiya koeffitsienti 0,999 ni tashkil etdi) (67-rasm).
                   Mazkur  asbobning  chet  el  analogiga  nisbatan  quyidagi  afzallik
            xususiyatlariga ega:

                   -  turli  eritmalarda  (so‘rim,  ekstrakt),  shuningdek  tuproq-suv
                       suspenziyalarida  va  pastalarida  o‘lchash  imkonini  beruvchi
                       universal elektrodga ega;
                   -  chet  el  analoglariga  mahalliy  iste’molchilar  uchun  nisbatan

                       hamyonbopligi  va  hammabopligi  bilan  ajralib  turadi  (asbob
                       buyurtma bo‘yicha tayyorlanadi).
                   Laboratoriyada  asbobni  statsionar,  dala  va  laboratoriya  sharoitida

            foydalanish  uslubi  ishlab  chiqilgan,  foydalanuvchi  uchun  instruksiya
            tuzilgan va o‘qitish ishlari olib boriladi. Buyurtmasining hohishiga ko‘ra,
            turli tabiiy sharoitlarda shakllangan va kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan
            farqlanuvchi  tuproqlar  va  suvlar  uchun  kalibr  grafigi  va  jadvallari  tuzib

            beriladi.
                   O‘zbekiston           sharoitida          tuproqlarning           sho‘rlanganligini

            baholashda elektr o‘tkazuvchanlik (elektrokonduktometriya) uslubini
            joriy  etish  maqsadida  olib  borilgan  tadqiqotlar.  Ilk  marotaba  O‘rta
            Osiyo hududida sho‘rlanish jarayonini baholashda elektr o‘tkazuvchanlikni
            o‘lchash  uslubidan  foydalanish  bo‘yicha  WUFMAS    loyihasi  doirasida

            keng miqiyosdagi tadqiqotlar olib borildi.
                  To‘yingan tuproq eritmalarining (ECe) (tuproq eritmalarining namligi
            TDNS  ga  mos  bo‘lishi)  elektr  o‘tkazuvchanligini  aniqlash  amaliyotda

            amalga  oshirilishi  murakkab  bo‘lgan  jarayon  hisoblanadi,  chunki  bu
            parametr suvli so‘rimi (EC1:5) va tuproq-suv suspenziyasini (EC1:1) elektr
            o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida hisoblash yo‘li bilan topiladi.
                   To‘liq dala nam sig‘imigacha (TDNS) to‘yingan tuproq ekstraktlari

            va  1:1  (EC1:1)  nisbatdagi  tuproq-suv  eritmalarining  tuproqning  elektr
            o‘tkazuvchanligi (EC) ko‘rsatkichini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash bo‘yicha
            o‘tkazilgan maxsus tajribalardan olingan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha,

            sho‘rlangan tuproqlarda elektr o‘tkazuvchanlik 2 dan 50 dS/m oralig‘ida
            bo‘lganda  1:1  nisbatda  olingan  eritmaning  elektr  o‘tkazuvchanligini
            solishtirma  elektr  o‘tkazuvchanlikka  aylantirish    koeffitsienti  3,3-3,7
            oralig‘ida o‘zgarib turadi (68-rasm).

                                                            276
   276   277   278   279   280   281   282   283   284   285   286