Page 284 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 284

baholash  ko‘pchilik  hollarda  o‘zaro  bir-biridan  farqlanishini  ko‘rsatadi.
            Tajriba  maydonlaridagi  tanlangan  nuqtalarning  sho‘rlanganlik  darajasini

            ECe, Cl ioni va zaharli tuzlar yig‘indisi bo‘yicha baholanganda, Cl ioni va
            zaharli tuzlar yig‘indisi bo‘yicha ma’lumotlar har doim ham bir-biriga mos
            kelmasligini ko‘rsatdi.

                   FAO uslubi bo‘yicha tuproqlarning sho‘rlanishini baholash to‘yingan
            tuproq  eritmalarining  elektr  o‘tkazuvchanligiga  ko‘ra  olib  boriladi.
            To‘yingan          eritmalarni  tayyorlash  faqatgina  laboratoriya  sharoitida,

            maxsus asboblar yordamida amalga oshirilishi lozim, shu sababdan tuproq
            eritmasining  elektr  o‘tkazuvchanligi  qiymatini  tuproq-suv  suspenziyalari
            va so‘rimining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida hisoblash yo‘li
            bilan aniqlash maqsadga muvofiqdir.

                   Dala  sharoitida  tuproq  sho‘rlanishini  portativ  elektrokonduktometr
            yordamida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aniqlash  imkoniyati  mavjudligi  bois,
            laboratoriya  xodimlari  tomnidan  respublikaning  turli  tuproqlarida

            tadqiqotlar  olib  borildi  va  Sirdaryo  viloyati,  Farg‘ona  viloyati,
            Surxondaryo  viloyati  va  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  tanlangan
            nuqtalarda 3 qaytariqda tajribalar qo‘yildi. Tajribalar davomida tuproqlar
            sho‘rlanish  tipining  deyarli  barchasini  qamrab  olinishiga  e’tibor  berildi:

            ya’ni,  tadqiqodlar  xloridli,  sulfat-xloridli,  xlorid-sulfatli  va  sulfatli
            sho‘rlanish  tipiga  mansub  tuproqlarda  olib  borildi.  Ularning  mexanik
            tarkibi  qumloqdan  og‘ir  qumoqgacha  o‘zgarib  turadi,  to‘yingan  tuproq

            eritmalarining  sho‘rlanish  darajasi  2,6  dan  49,2  dS/m  gacha  o‘zgarib
            turadi. Sulfatlar miqdori 1,7-22,6 mg/ekv, xlor ionining miqdori esa 0,28-
            7,6  mg/ekv  oralig‘ida  tebranib  turadi.  Tadqiqotning  asosiy  mohiyati

            o‘tuvchi koeffitsient K ga ta’sir etuvchi omillarni va unga yaqin bo‘lgan
            qiymatni aniqlashdan iborat.
                   Shuningdek, o‘rganilgan namunalardan tuproq eritmalari tayyorlanib,

            ushbu  eritmalarda  paralel  ravishda  ECe  (tuproq  eritmasining  elektr
            o‘tkazuvchanligi),  EC1:5  (1:5  nisbatdagi  suvli  so‘rimning  elektr
            o‘tkazuvchanligi)  va  EC1:1  (1:1  nisbatdagi  tuproq-suv  suspenziyasining
            elektr o‘tkazuvchanligi) aniqlanildi.

                   Tajriba  natijalari  asosida  amaliyotda  uslubni  qo‘llash  sharoitlari  va
            qayta  ko‘rib  chiqilgan  lokal  koeffitsientlarni  tuproq  sho‘rlanishini
            baholashda  foydalaniladigan  xalqaro  (ECe  bo‘yicha)  va  klassik  (zaharli

            tuzlar  yig‘indisi  bo‘yicha)  klassifikatsiyalarga  solishtirish  mumkinligi
            isbotlandi.





                                                            279
   279   280   281   282   283   284   285   286   287   288   289