Page 285 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 285
O‘zbekistonda sho‘rtoblanish jarayoni kuzatilmasligi bois ushbu
soddalashtirilgan uslubni keng miqiyosda qo‘llanilishini tavsiya etish
imkonini beradi.
Idoralar tomonidan qabul qilingan normativ reglamentiga muvofiq
2007 yildan boshlab meliorativ xizmat tuproq sho‘rlanishini 1:1 nisbatdagi
tuproq-suv suspenziyasining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash, ESe ni
hisoblash (klassik ishlab chiqarishda portativ elektrokonduktometrlarni
qo‘llanilishi) orqali baholashga o‘tildi, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri dala
sharoitida tuproq namunalari olmasdan genetik qatlamlar bo‘yicha tuproq
sho‘rlanishini baholash imkonini beruvchi shtirli elektrokonduktometrlar
qo‘llanilmoqda. Biroq, hozirgi kunga qadar laboratoriyalarda bu uslub
to‘la ravishda qo‘llanilmayapti, erlarning sho‘rlanganligini baholashda
natijalarning farq qilishi, shuningdek tahlil uchun reagentlar vositalar sotib
olishda sezilarli xarajat qilishni talab etuvchi eski uslubni afzal
ko‘rishmoqda.
Eng minimal iqtisodiy samaradorligi – bu dala ishlarining hajmi 2
barobar kamayishi va analitik ishlar umuman bajarilmasligidir. Keltirilgan
2 uslub ham sho‘rlanish s’yomkalari, sho‘rlanish darajasini baholash
ishlarini o‘tkazish ishlarini sezilarli tezlashtirish imkonini beradi, turli
kimyoviy reaktivlar va yuqori malakali kadrlarni talab etilmaydi. Bu esa
Meliorativ kadastr ishlarini olib borishda sho‘rlangan erlarni tarqalishi
haqida ishonchli ma’lumotlar olish imkonini beradi. Meliorativ
kadastrning sifatini oshirish melioratsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va
mablag‘ni to‘g‘ri sarflashda muhim hisoblanadi.
“IKS-EKSPRESS” asbobini kalibrlash va harorat tuzatish
koeffitsientlarini qo‘llash qoidalari. Bizga ma’lumki, amaliyotda
meliorativ ekspeditsiya ishlarini olib borishda yangi asbob-uskunalar bilan
ishlaydigan xodimlarda asboblardan to‘g‘ri foydalanishda ko‘pgina
savollar tug‘iladi. YAngi uslublarni joriy etish uchun meliorativ
ekspeditsiya laboratoriyalarida asboblarni mustaqil kalibrlash (o‘lchov
asboblarining aniqligini boshqa bir asbob bilan tekshirib to‘g‘rilash),
shuningdek haroratni o‘lchash va o‘lchash natijalariga harorat
tuzatmalarini kiritish kabilarni xodimlarga tushuntirish ishlari bo‘yicha
o‘qitish kurslarini tashkil etish lozim.
Konduktometrning ishlash prinsipi suvda erigan birikmalarning
miqdoriga bog‘liq ravishda suvning (asbob elektrodlari yordamida
yaratiladigan o‘zgarmas elektr maydonidagi tok kuchi) elektr
o‘tkazuvchanligini to‘g‘ridan – to‘g‘ri aniqlashga asoslangan. Elektr
o‘tkazuvchanlik harorat ortishi bilan oshib boradi, shu sababdan uni
280