Page 286 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 286

0
            hisobga olish zarur. Haroratning 1 C ga oshganda elektr o‘tkazuvchanlik
            taxminan  2  %    ortishi  kuzatiladi.  Demak,  solishtirma  elektr

                                                                                                          0
            o‘tkazuvchanlik  qiymati  eritmalarning  haroratiga  bog‘liq  bo‘ladi,  +25 C
            haroratda  o‘lchangan  natijalarni  standart  ko‘rsatkich  deb  olish  mumkin.
            O‘rganilayotgan eritmaning haroratini o‘lchash uchun stakanga elektrodlar

            tushiriladi  va  datchiklar  haroratini  eritma  haroratigacha  to‘g‘rilash
            maqsadida  taxminan  40-60  sekund  ushlab  turiladi,  so‘ngra  “O‘lchash”
            tugmasi bosiladi va harorat  ma’lumoti ish jurnaliga qayd etiladi. Ba’zan

            asbobning  ko‘rsatkichini  namuna  eritmasi  bo‘yicha  to‘g‘rilash  zaruriyati
            tug‘iladi.  Namuna  eritmasi  sifatida  osh  tuzi  (NaCl)  eritmasidan
            foydalanish  mumkin.  Bunday  hollarda  quyidagi  eritmalarni  tayyorlash
            talab etiladi.

                   0,01n KCl kalibr eritmasini tayyorlash tartibi. KCl ning kimyoviy
            toza  kukunidan  0,743  g  namuna  tortiladi  va  hajmi  1  l  bo‘lgan  kolbaga
            solinadi.  Kolbaning  yarmigacha  distillangan  suv  quyiladi  va  yaxshilab

            chayqatiladi.  KCl  tuzi  to‘liq  erigandan  so‘ng  kolbaning  o‘lchov
            belgisigacha distillangan suv quyiladi.
                                     3
                   0,01 mol/dm konsentratsiyali KCl eritmasini tayyorlash tartibi.
                                                  0
            O‘zgarmas  massagacha  500 S  haroratda  qizdirilgan  kaliy  xlor  tuzidan
            0,746 g torozida o‘lchanadi, so‘ngra hajmi 1 l li kolbaga solinadi va bir oz
            distillangan suv bilan eritiladi hamda o‘lchov belgisigacha distillangan suv
            quyiladi. Tayyor eritma yaxshilab aralashtiriladi.

                   Konduktometrning  konstantasi  (o‘zgarmas  soni)  ni  aniqlash.
            Konduktometr  datchiklari  0,01  mol/dm konsentratsiyali  KCl  eritmasiga
                                                                 3
            botiriladi va uning elektr o‘tkazuvchanligi aniqlanadi. Datchik konstantasi

            (X), sm-1quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:




                   bu yerda,
                                                                                                          0
                                                  3
                   1,411  -  0,01  mol/dm konsentratsiyali  KCl  eritmasining  25 C
            haroratdagi elektr o‘tkazuvchanligi, mSm/cm;
                                        3
                   a - 0,01 mol/dm konsentratsiyali KCl eritmasining o‘lchangan elektr
            o‘tkazuvchanligi, mSm;
                                                                                 0
                   k –  ma’lum haroratda o‘lchangan qiymatni 25 C  haroratdagi elektr
            o‘tkazuvchanlikka o‘tkazish uchun tuzatish koeffitsienti.
                   Harorat  kompensatori  bo‘lmagan  hollarda  kaliy  xlorid  eritmasining
            harorati  laboratoriya  termometri  yordamida  aniqlanadi  va  quyidagi  47-
            jadval bo‘yicha koeffitsientning qiymati topiladi.

                                                            281
   281   282   283   284   285   286   287   288   289   290   291