Page 278 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 278

bu  yo‘nalishdagi  ishlar  tuproqning  elektr  o‘tkazuvchanligi  va  tok
            chastotasi  o‘rtasidagi  bog‘lanishlarni  aniqlash  maqsadlariga  qaratilgan.

            Ushbu masalaning muhimligidan kelib chiqqan holatda uni batafsil ko‘rib
            chiqamiz.


                   §6.6. O‘zbekiston sharoitida tuproqlarning sho‘rlanganligini
             baholashda elektr o‘tkazuvchanlik (elektrokonduktometrik) uslubini
                                                      joriy etish

                            (Yu.I.Suirokova, N.Sh.Sharafutdinovalar ma’lumoti)

                   Ushbu        bobning        §9.1.      paragrafida        keltirilganidek,        elektr
            o‘tkazuvchanlik  –  bu  tuproq  eritmasining  elektr  tokini  o‘tkazish

            xususiyatining  miqdoriy  ifodalanishidir.  Tabiiy  suvlarning  elektrni
            o‘tkazish  xususiyati,  asosan  suvda  erigan  mineral  tuzlar  konsentratsiyasi
            va  haroratiga  bog‘liqdir.  Tabiiy  suvlar  tarkibida  kuchli  elektrolitlarning

                                                                                                           +
                                                                                                     +
            aralash  eritmalari  mavjud  bo‘ladi.  Suvning  mineral  tarkibida  Na ,  K ,
            Ca ,  Cl ,  SO4 ,  HCO3 ionlari  uchraydi.  Ushbu  ionlar  eritmaning  elektr
                               --
                       -
                ++
                                           -
                                                                          +       +      +        -        --
            o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. Agar suvda Fe2 , Mn2 , Al3 , NO3 , HPO4
                      -
            , H2PO4 kabi boshqa ionlar kam miqdorda bo‘lsa, elektr o‘tkazuvchanlikka
            sezilarli  ta’sir  etmaydi.  Tabiiy  suvning  elektr  o‘tkazuvchanligi  miqdori
            bo‘yicha  avvaldan  aniqlangan  bog‘liqliklar  yordamida  suvning
            minerallashganligi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
                   Mineral  moddalarni  ularning  solishtirma  elektr  o‘tkazuvchanligi
            bo‘yicha  miqdorini  baholashda  tug‘iladigan  qiyinchiliklar  turli  tuzlar
            eritmalarining  solishtirma  elektr  o‘tkazuvchanligi  bir  xil  emasligi,

            qolaversa harorat ortishi bilan elektr o‘tkazuvchanlikni oshib borishi bilan
            bog‘liqdir.
                  Solishtirma  elektr  o‘tkazuvchanlik  qiymati,  asosan,  noorganik

            elektrolitlarning umumiy konsentratsiyasining taxminiy ko‘rsatkichi bo‘lib
            xizmat qiladi, bu ko‘rsatkich suv muhitining holatini kuzatib borishda va
            suvning minerallashganlik darajasini baholashda foydalaniladi.
                  Solishtirma  elektr  o‘tkazuvchanlik  –  muhitga  antropogen

            ta’sirning qulay va umumiy indikator ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tuproq va
                                                                                                            5
            suvning              sho‘rlanganligini                elektr            o‘tkazuvchanligini
            (elektrokonduktometriya  usuli)  o‘lchash  yo‘li  bilan  aniqlash  dunyo

            amaliyotida  1955  yildan  boshlab  qo‘llanilib  kelinmoqda.  Fizik  –  kimyo



                 5 Elektr o’tkazuvchanlik – (ЕС) elektr qarshilikka teskari qiymat bo’lib, simenslarda o’lchanadi (S)

                                                            273
   273   274   275   276   277   278   279   280   281   282   283