Page 274 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 274

ushbu ko‘rinishdagi xulosaga kelish nisbiy hisoblanib, shu bilan birgalikda
            neylon  ishlab  chiqarish  miqyosida  foydalanish  maqsadlarida  nisbatan

            samarali  namuna  hisoblanishi  ta’kidlangan,  bu  fikr  bir  necha  yillar
            davomida  ma’qullangan.  Shisha  tola  ikki  dyum  o‘lchamidagi  tasmalar
            ko‘rinishida  qo‘llanilib,  yuvilishdan  tashqari  u  hech  qanday  qayta

            ishlovlarni amalga oshirish talab etilmagan.
                   Shisha  tola  va  neylonning  asosiy  ustunligi  ularning  barcha  namlik
            intervallari bo‘yicha (to‘yingan holatdan tortib, havo – quruq holatgacha)

            sezilarli  darajadagi  gisterezis  kuzatilmagan  holatda  o‘zining  qarshiligini
            o‘zgartirishi,  shuningdek  katta  qiymatdagi  barqarorlik  va  chidamliligi
            bilan tavsiflanadi. Neylon nisbatan birmuncha mustahkam xususiyatga ega
            bo‘lib,  shisha  tolaga  nisbatan  uzoqroq  vaqt  davomida  foydalanish

            imkonini  beradi,  ammo  u  nisbatan  inert  xossaga  ega  hisoblanadi.  Biroq,
            navbatdagi amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, neylon
            va  shisha  tola  uzoq  vaqt  davomida  foydalanilganda  tuproq  muhitidagi

            kislotali va ishqoriy eritmalar ta’sirida buzilishi kuzatiladi.
                   1954 yilda Boyuskos tomonidan gipsli bloklarga yana qaytilib, bunda
            bu  qatlam  zichlashtirilgan  holatda  unga  po‘latdan  yasalgan  elektrodlar
            kiritilishi  sinovdan  o‘tkazilgan  (Boujoucas,  1954).  Shuningdek,bir  qator

            mualliflar tomonidan metaldan yasalgan elektrodlar bilan birgalikda gips
            bloki  sinovdan  o‘tkazilib,  bunda  siqilgan  holatdagi  (presslangan)  shisha
            tola  bloki  ham  o‘rganilgan.  Nisbatan  qimmatli  hisoblangan  xossa  –

            gipsning  yumshatuvchi  yoki  bufer  xususiyati,  ya’ni  tuproq  eritmasi
            tarkibidagi  mavjud  bo‘lgan  tuzlar  konsentratsiyalari  ta’sirida  kam
            o‘zgarishga uchrashi hisoblanadi.

                   Elektrodlarni  tanlash  yo‘nalishida  ham  ko‘p  sonli  tadqiqotchilar
            ko‘plab  ishlarni  amalga  oshirishgan.  Turli  xildagi  takliflar  orasida  sim
            ko‘rinishidagi,  metallga  o‘rnatilgan  va  payvandlangan  elektrod  shakllari,

            turli  xil  o‘ramlar  ko‘rinishidagi  yoki  teshilgan  plastinka  shaklidagi,
            adsorbent  bilan  qoplangan  metall  aralashmasi  ko‘rinishidagi  elektrodlar
            hisoblanadi.  Turli  xil  tadqiqot  ishlarida  bu  yo‘nalishda  elektrodlar  mis,
            palladiy,  rux,  magneziy,  po‘lat,  nikeldan  ishlangan  va  sinab  ko‘rilgan.

            Kolman va Xendrik tomonidan amaliyotda qo‘llash maqsadlarida nisbatan
            samarali natija beruvchi metal – leonel ma’qullangan.
                   Gips bloklari ustida amalga oshirilgan tadqiqotlar ichida A.I.Danilin

            tadqiqotlarini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim (1956). Uzoq vaqt davomida
            Gidrometeorologiya  Ilmiy  tadqiqot  institutlarida  gips  bilan  birgalikda,
            sopol,  kvarsli  qum,  shisha  tola  va  hatto  qimmatbaho  metallardan
            foydalanish  ham  sinovlardan  o‘tkazilgan.  Bunda  olingan  natijalarda

                                                            269
   269   270   271   272   273   274   275   276   277   278   279