Page 269 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 269
hisoblanadi. Ularning namlik va zichlik bo‘yicha o‘zgarish tavsiflari bir
xildaligiga qaramasdan, amalga oshirilgan tajriba natijalarining
ko‘rsatishicha, ρ=/ρ~ nisbati qiymati namlik va harorat ortishiga bog‘liq
0
ravishda ortib borishi kuzatiladi, bu holatda W = 70% va t = 50 C sharoitda
bu nisbat qiymati 2 ga intiladi. Qachonki gap tuproqning dielektrik
o‘tkazuvchanligini o‘lchash yoki dielektrik o‘tkazuvchanlik va elektr
o‘tkazuvchanlik qiymatlarining umumiy holatda o‘lchash talab qilinishi
haqida ketganda, tuproqning elektrofizik xususiyatlarini o‘lchashda
o‘zgaruvchan tokdan foydalanish keng tarqalganligini kuzatish mumkin.
Bu barcha masalalar navbatdagi bobda batafsil holatda yoritiladi. Bu erda
faqat o‘zgaruvchan tok sharoitida bittagina qiymatni – ya’ni tuproqning
elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga mo‘ljallangan sxemalarning qisqacha
tavsiflanishiga to‘xtalib o‘tamiz. Bu yo‘nalishda keng tarqalgan rezonans
usulidan ko‘p foydalaniladi.
Yuqorida tavsiflangan usullardan farq qilib, rezonans usuli
o‘zgaruvchan tokdan foydalanishga asoslaniladi. Ushbu usulning prinsipial
tuzilish sxemasi ketma – ketlikda ulangan induktivlik (L0), kalibrlangan
qarshilik (R0) va kalibrlangan sig‘imdan (S0) iborat tebranma konturdan
tashkil topgan (64-rasm).
64-rasm. Tuproqning elektr
o‘tkazuvchanligini
o‘lchashda foydalaniluvchi
rezonans usulining prinsipial
tuzilish sxemasi.
Kontur induktiv tarzda yuqori
(ω1) va past (ω2) chastotali lampali generator bilan ulangan va shuningdek
yassi kondensator (O) va uyg‘un tok (I) indikatoridan tashkil topgan.
O‘rganilayotgan tuproq namunasini S kondensatorga joylashtirib, past
chastotali (ω2) lampali kuchlanish generatori (E0) orqali ta’minlanuvchi
o‘lchash konturi rezonansga rostlanadi. Tokning I0 = I01 maksimal qiymati
ushbu holatda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I01 = 0 ,
01 R
Bu yerda, R – namunaning faol holatdagi qarshiligi qiymatini
ifodalaydi. Namunalarni qisqa tutashtirish orqali va oldingi rezonans
holatini saqlab qolgan holatda, endi konturning faol qarshiligi sifatida (R0)
yangi qiymatni hosil qilamiz va u R = R02 ga teng hisoblanadi. Bu holatda
264