Page 272 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 272

o‘zgaruvchan  harakterdagi  bog‘lanishlar  bilan  bog‘liq  qiyinchiliklar
            bartaraf  etiladi,  elektrodlar  tuproq  ichida  emas,  balki  oraliq  muhitga

            mustahkam va ishonchli qilib o‘rnatiladi. Bu ko‘rinish yangilik kiritilishi
            natijasida  olinuvchi  natijalarning  ishonchlilik  darajasi  sezilarli  ortgan,
            shuningdek  o‘lchash  diapazoni  kengaygan.                          Ushbu  ko‘rinishda,

            ko‘rsatilishicha,  loyli  tuproqlar  sharoitida  yalang‘och  holatdagi
            o‘tkazgichlarda  elektr  o‘tkazuvchanlik  faqat  10-15%  dan  kam
            holatlardagina o‘zgarishi aniqlangan, bunda bloklar usuli namlik 20-25%

            qiymatdagi tuproqlar uchun sezgir hisoblanadi. Bundan tashqari, nisbatan
            ustunliklardan  biri  sifatida  bo‘linish  egri  chiziqlarini  olish  jarayoni  ham
            nisbatan barqarorlashishi kuzatiladi.
                   Albatta, bu g‘oyaning amaliyotga joriy qilinishi bir qator qo‘shimcha

            qiyinchiliklar  yuzaga  kelishi  bilan  bog‘liqdir.  Masalan,  oraliq  material
            yaxshi  holatdagi  nam  almashinish  xususiyatiga  ega  bo‘lishi  uchun,
            atrofdagi tuproqdan tarqaluvchi namlikni ideal holatda qabul qilishi, turli

            xil inersiyalarsiz muvozanat holatini yuzaga keltirishi talab qilinadi. Ushbu
            nuqtai  nazardan  klassik  material  sifatida  gips  olinib,  bu  modda  o‘zining
            g‘ovakliligi,  mexanik  mustahkamligi, gidrofilligi kabi xususiyatlari bilan
            alohida ajralib turadi.

                   Elektr  o‘tkazuvchanlikni  o‘lchashda  tipik  holatdagi  gips  blokli
            datchik ko‘pgina holatlarda quyidagi ko‘rinishga ega hisoblanadi. U ikkita
            burg‘ulab  teshilgan  juda  yupqa  nikel  plastinkasidan  yoki  ikkita  leonel

            parchasidan tashkil topgan bo‘lib, ular elektrodlar sifatida ta’sir ko‘rsatadi,
            kumush  yordamida  qo‘rg‘oshinli  simlar  unga  payvandlanadi.  Elektrodlar
            gips  pastasi  (yaxshisi  –  parij  pastasi  deb  nomlanuvchi  gips  turidan

            foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi) orqali o‘zaro ajratiladi.
                   Tavsiflangan gips blokli datchik burg‘ulab teshilgan nikel qutichaga
            joylashtiriladi  va  yuqori  bosim  ostida  presslanadi.  Qobiq  –  qutichaning

            atrofi,  barcha  yuzasi  bo‘ylab,  bir-biridan  0,25  dm  masofada  joylashgan
            kvadrat shakldagi 0,2 dm o‘lchamdagi teshiklar yasaladi. Bu ko‘rinishdagi
            teshiklar  chastotasi  absorbent  va  tuproq  o‘rtasidagi  talab  qilingan
            bog‘lanishni ta’minlab beradi. Atrofdagi tuproq nam holatida datchikning

            qarshiligi  past  bo‘ladi  va  tuproq  muhiti  qurishi  bilan  ushbu  qiymatning
            ortib borishi kuzatiladi.
                   Datchik  Uinston  ko‘prigiga  ulanib,  u  bevosita  quruq  batareyadan

            quvvat oladi. Nol – indikator sifatida ko‘prikning muvozanat holatini qayd
            qilishda  telefon  mikrofoni  ko‘prik  vazifasini  bajaradi,  bunda  tovush
            signalining  kuchaytirilishi  va  boshqarilishi  maqsadlarida  maxsus
            qurilmalar ta’minoti joylashtiriladi. Begona tovush shovqinlarini bartaraf

                                                            267
   267   268   269   270   271   272   273   274   275   276   277