Page 268 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 268
taxminan chiziqli holatda tuproqning o‘tkazuvchanlik qiymati ortib boradi.
Bu joyda qayd qilingan holat (ayniqsa materialning yuqori darajadagi
namligi holatida va elektrolitik aralashmalarning etarlicha darajadagi
konsentratsiyasida) vaqt davomida o‘zgaruvchanlik qayd qilinuvchi
noma’lum qarshilik qiymatini hisoblashda sezilarli darajadagi qiymat
og‘ishlari kuzatilishi mumkin.
Bu ko‘rinishdagi yoqimsiz effektning oldini olishda turli xil
usullardan foydalaniladi. Ushbu ko‘rinishda, aylanuvchi elektrodlardan
foydalanilganda tokning elektrod holati o‘zgarishlarida kam qiymatdagi
davomiylikka ega bo‘lishi kuzatiladi. Boshqa bir umumiy qabul qilingan
usul bo‘yicha esa, kuchlanishni pasaytirishda elektrod orqali o‘tuvchi tok
zichligi elektrodga beriluvchi tokning maydonini oshirish va tok kuchi va
kuchlanish qiymatini kamaytirish bilan amalga oshiriladi, shuningdek
ushbu maqsadlarda yarim o‘tkazgichli diodlar va elektron lampalarga ega
bo‘lgan kuchaytirgichli sxemali ommetrlardan foydalaniladi.
Nihoyat, qutblanish hodisasiga qarshi kurashda nisbatan yaxshi
samara beruvchi usullardan biri sifatida doimiy o‘zgaruvchan tok o‘rnida
ishlab chiqarish yoki tovush chastotalaridan foydalanish hisoblanadi.
Bunda ko‘proq gap 50 Gs chastota haqida boradi. Bu yo‘nalishda ko‘p
sonli ishlanmalar ma’lum. Masalan, shunday sxemalardan birida
o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan tashkil topgan o‘lchash zanjirida tok manbai
berilishida forrorezonans kuchlanish stabilizatoridan foydalanish tavsiya
qilinadi, bunda tok indikatori sifatida esa o‘lchanayotgan qarshilik bilan
ketma – ketlikda ulangan ferrodinamik ampermetr olinadi.
Boshqa bir sxema esa ferrodinamik vattmetrdan foydalanishga
asoslanilgan bo‘lib, bunda ketma – ketlikdagi qo‘shimcha qarshilikka ega
bo‘lgan harakatchan ramka stabillashtirilgan kuchlanish manbaiga ulanadi.
SHuningdek, o‘zgaruvchan tok bo‘yicha bir qator boshqa ommetrlar va
megaommetrlar ma’lum bo‘lib, jumladan elektron tipda ishlab chiqilgan.
Ushbu o‘rinda faqat qayd qilib o‘tish talab qilinadiki, qutblanish effektini
to‘liq holatda yo‘qotish uchun 50 Gs ko‘rinishidagi past chastotalardan
foydalanishning o‘zi etarli emas. Bu joyda 1-10 kGs tartibidagi tovush
chastotalaridan foydalanishning maksimal imkoniyatlariga erishish yo‘lini
tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi, bunday holatda albatta namlik
rejimi va tuproq namunasining sho‘rlanish tiplari, shuningdek qurilmaning
kichik o‘lchamdaligi va elektrodlarning shakli ham hisobga olinishi kerak.
Afsuski, bir xil tipdagi tuproq namunalarining elektr qarshiligini
o‘lchashda doimiy (ρ=) va o‘zgaruvchan (ρ~) tok sharoitlarida o‘zaro
o‘xshash qiymatlarni to‘liq holatda olishga erishish qiyin masala
263