Page 270 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 270
I01 = E0/R02 kelib chiqadi. Bu ikkala rezonans sharoitlari quyidagi qiymatni
hisoblash imkonini beradi:
S
ρ = ( R02 – R01)
d
Bunda konturning to‘lqinga oid qarshiligi L 0 uning faol qarshiligi R0
C 0
qiymatidan katta bo‘lishi kerak. Yetarlicha ko‘p holatlarda tovush
chastotasi o‘zgaruvchan tok manbai asosidagi ko‘prik sxemasidan
foydalaniladi.
Mavjud adabiyot ma’lumotlarini tahlil qilish ko‘rsatishicha, hozirgi
vaqtda tuproqlarning elektr o‘tkazuvchanligini o‘chlashda etarlicha
darajadagi aniq o‘lchash usullarini tavsiya qilish imkoniyati mavjud.
Quyida tavsiflanadigan asbob (Sevastyanov va boshqalar, 1962) 1000 dan
100 000 om qiymatdagi qarshilik va 0 dan 10 000 pF qiymatdagi sig‘imni
o‘lchashda aniqlik darajasi 0,03% dan kam bo‘lmasligini ta’minlab beradi.
Boshqa nominallarda R va S qiymatlari aniqligi birmuncha darajada
sezilarli past bo‘lsada, baribir etarlicha yuqori hisoblanishi qayd qilinadi.
Rasmda ko‘rsatilgan (65-rasm) ko‘prik 1000 Gs chastotaga ega ZG-12
tovush generatori orqali o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlanadi. Qarshiliklar
R1 = R2 = 100 om ga teng bo‘lib, BLP tipidagi o‘ram – o‘tkazgichli
bo‘lmagan radio qarshilikni ta’minlaydi. Ular bitta ekranga birlashtirilgan
holatda, to‘liq holatda induktivlikni yo‘qotadi va harorat tebranishlariga
nisbatan barqaror va ta’sirlarga kam sezgirlikka ega hisoblanadi.
65-rasm. O‘zgaruvchan tok ko‘prigi
yordamida tuproq qarshiligini
aniqlash sxemasi.
Uchinchi elka sifatida MSSH-R58
tipidagi reaktiv bo‘lmagan namunaviy
qarshilik magazini olingan bo‘lib, u 0,02
% gacha aniqlikdagi KL-48 etalon
potensiometrida bo‘lib chiqilgan.
O‘tkazuvchanlikning sig‘imini
kompensatsiyalash uchun MERP-R513
(0<S<1 mkF) tipidagi S sig‘im magazini o‘rnatilgan. Nol indikatori
vazifasini INO-3CM tipidagi 25 mkF sezgirlikka ega bo‘lgan qurilma
bajaradi. Ko‘prikning yuqori qismi erga ulangan va shuningdek montaj
qilish uchun ekranlangan o‘tkazgich yordamida barcha qurilmalar erga
265