Page 267 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 267

holatida,  katta  va  kichik  chiqish  qarshiliklarida  tok  manbai  kuchlanishi
            qiymatining  chiqish  signali  qiymatiga  ta’siri  sezilarsiz  darajadaligi  qayd

            qilinadi. Yetarlicha darajada yaxshi hisoblangan tok indikatori va ishonchli
            holatdagi bo‘lingan qarshiliklarni (masalan, pretsizion germetik holatdagi,
            oldindan  su’niy  eskirtirilgan,  sopol  karkaslarga  ega  bo‘lgan  etarlicha

            darajadagi  yupqa  manganindan  yasalgan  o‘tkazgichlar  yoki  shisha
            izolyasiyaga  ega)  yig‘ish  uchun  20-1000  kom  oraliqda  qarshiliklarni
            o‘lchash aniqligi ±0,05 % qiymatda ta’minlanishi, shuningdek 10 kom – 5

                                                           Mom  oraliqda  ±0,1  %  aniqlikda
                                                           ta’minlanishi talab qilinadi.

                                                               63-rasm.        YArim         o‘tkazgichli

                                                           triodlar        asosidagi        ommetrning
                                                           sxematik ko‘rinishi.


                                                                  Dala  sharoitidagi  tuproqning
                                                           elektr                    o‘tkazuvchanligini
            o‘lchashlarda  talab  qilingan  vaziyatlarda,  ayniqsa  tashqi  tok  manbai
            mavjud  bo‘lmagan  vaziyatlarda  portativ,  kichik  o‘lchamli  yarim

            o‘tkazgichlar  asosida  yig‘ilgan  ommetrlar  berilgan  talablarni  qoniqtirishi
            bilan  etarli  darajada  samarali  hisoblanadi.  Bu  ko‘rinishdagi  sxemalarga
            misol  42-rasmda  ko‘rsatilgan.  O‘lchash  oldidan  o‘zgaruvchan  qarshilik

            yordamida  mikroampermetr  o‘rnatiladi.  Kuchlanish  manbai  vazifasini
            yarim o‘tkazgich triod asosidagi generator bajaradi. 20 kGs chastotadagi
            kuchlanish  qo‘sh  holatdagi  kuchlanish  sxemasi  bo‘yicha  germaniyli

            to‘g‘rilagich yordamida to‘g‘rilanadi. Bunda tok manbai sifatida cho‘ntak
            fonari batareyasidan foydalaniladi.
                   O‘zgarmas tok tamoyili asosida ishlovchi yuqorida keltirilgan sxema

            o‘lchash natijalariga qutblanish effekti ta’sir ko‘rsatishi kabi kamchilikka
            ega  hisoblanadi.  Nam  tuproq  qatlami  orqali  o‘zgarmas  tok  kuchi  o‘tishi
            davomida yuzaga keluvchi elektr yurituvchi kuch (EYUK) o‘tkazuvchanlik
            va  tok  qiymati  pasayishiga  olib  keladi.  Ion  va  elektrolitlar  eritmalarida,

            dielektriklarda,  o‘z  xususiyatlariga  ko‘ra  tuproqqa  yaqin  bo‘lgan  ko‘p
            sonli  dispers  materiallar  ustida  amalga  oshirilgan  tajribalarda  tok
            o‘tkazuchanlikni  nazariy  jihatdan  tahlil  qilish  ko‘rsatishicha,  sinaluvchi

            namuna orqali o‘tuvchi tok oqimi vaqt davomida kuchli darajada pasayishi
            qayd qilinadi (bosqichli qonuniyat asosida).
                   Elektrodlarga beriluvchi kuchlanish qiymati ortishi bilan qutblanish
            effekti ham ortib boradi, bunda tok zichligining ortishi bilan bog‘liq holda

                                                            262
   262   263   264   265   266   267   268   269   270   271   272