Page 264 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 264

Bu  yerdan  ρ  =      Cl     kelib  chiqadi.  Bu  holatda  l  –  uzunlik  qiymati
                                          S
            berilgan,  S  –  yuza  maydoni  qiymati  ham  ma’lum  va  faqat  T  qiymatini
            aniqlash qoladi, xolos.

                   MDH hududida keng tarqalgan relaksatsion generatorga ega bo‘lgan
            qurilmaning sxemasi 60-rasmda keltirilgan.



                                                                60-rasm.                   Relaksatsion
                                                                generator                 qurilmasining

                                                                sxematik ko‘rinishi.

                   Sinxron  tarzdagi  motor  (8)  yordamida  o‘lchanayotgan  qarshilik  (4)
            davriy holatda ketma – ketlikda neon lampa bilan 5, 6 (qisqa tutashuv) va

            6, 7 kontaktlar orqali zanjirlarga ulanadi (tegishlarning uzilishi).
                   Tok  manbasi  o‘zgaruvchan  tok  tarmog‘idan  selendan  yasalgan
            rostlovchi (1) va filr orqali (qarshilik – 2 va kondensator – 3) uzatiladi.

            Qurilma  5  ta  o‘lchash  diapazoniga  ega  bo‘lib  (doimiy  sig‘imga  ega
            bo‘lgan  kondensatorlar  –  9),  diapazonlarni  qo‘shuvchi  (10)  orqali  tartib
            bilan joylashtiriladi. Ushbu sxema bo‘yicha qarshilikni o‘lchash oraliqlari
                  5
            3·10  – 3·10 om chegarasida hisoblanadi.
                            10
                   Ushbu  tamoyil  asosida  ishlovchi  barcha  sxemalar  oddiy  va
            ishonchliligi, ishlash davomida barqarorligi, elektr o‘lchash qurilmalariga
            ehtiyoj  tug‘ilmasligi,  tok  manbai  tebranishlari  kam  ta’sir  qilishi  kabi

            ustunliklarga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Biroq,  qo‘zg‘atish  va  o‘chirish
            kuchlanishi  qiymatlari  beqarorligiga  bog‘liq  holda  ularning  aniqlikni
            ta’minlash  darajasi  unchalik  yuqori  emas,  shuningdek  olinuvchi
            qiymatlarning  tok  razryadi  chastotasiga,  haroratga  bog‘liqligi,  bundan

            tashqari vaqt davomida kondensatorlarning sig‘imi qiymati o‘zgarishlari,
            kondensatorlar oqimlari va boshqa ayrim holatlar o‘lchanayotgan natijalar
            qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kuzatiladi.

                   Nisbatan yuqori darajadagi aniqlikka ega bo‘lgan natijalarni elektron
            va lampali ommetrlardan foydalanib olish mumkin. O‘z navbatida, bunday
            qurilmaning  asosiy  qismi  u  yoki  bu  tipdagi  doimiy  kuchlanishli  lampali

            voltmetr  hisoblanadi  va  ushbu  sxemada  ma’lum  bir  qiymatdagi  oquvchi
            tokning  qarshilikka  nisbatan  kuchlanishining  kamayishini  aniqlanish
            mumkin.  Bunga  o‘xshash  ko‘rinishdagi  sxemalarda  tarmoq  ketma  –

            ketlikda  ulangan  Rx  qarshilik  (noma’lum)  va  R  (etalon)  hamda  U
            kuchlanishga ega bo‘lgan doimiy tok manbaidan tashkil topgan. Bunda Rx

                                                            259
   259   260   261   262   263   264   265   266   267   268   269