Page 277 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 277

hollarda  nisbatan  yuqori  bosim  sharoitlarida  qayd  qilinib,  namunaning
            sezilarli  deformatsiyaga  uchrashi  va  undan  namlikning  siqib  chiqarilish

            holati kuzatiladi.
                   Presslovchi, prujinali, valikli, maxsus yuklamali, og‘irlik qo‘yish va
            boshqa  turli  xil  shakllardagi  tuproq  namunasini  zichlashtiruvchi

            konstruksiyalari mavjud bo‘lib, tuproq namunasiga talab qilingan tarzdagi
            elektrodlarning  tuproq  bilan  doimiy  bog‘lanishini  yuzaga  keltirish
            maqsadlarida qo‘llaniladi.

                   Bir  qator  tadqiqotchilar  ishlarida  tuproqlarning  sho‘rlanish
            darajasining nam tuproqlarda elektr qarshilik qiymatini o‘lchashga ta’siri
            o‘rganilgan.  Evert  va  Baver  (Ewart,  Baver,  1951)  tomonidan
            ko‘rsatilishicha,  tuproq  namligi  qiymatining  pasayishi  bilan  asta  –  sekin

            elektr  qarshilik  qiymatining  ortishini  ifodalovchi  odatdagi  «qarshilik  –
            namlik» R = f (W) funksiyasi o‘zgarishlari muhitda NaCl tuzining uncha
            katta  bo‘lmagan  miqdorda  mavjud  bo‘lishi  sharoitida  (0,1%  darajasida)

            saqlanib  qoladi,  0,2  %  bo‘lgan  holatda  esa  ushbu  o‘zgarishlar  sezilarli
            qiymatga  ega  bo‘lishi  ta’kidlanadi.  So‘nggi  konsentratsiya  qiymatida
            tuproq  qarshilik  qiymatining  past  darajada  bo‘lishi  qurish  jarayoni
            davomida doimiy holatda saqlanib qolishi kuzatiladi. Bunda 8 atm ga teng

            bo‘lgan osmotik bosim o‘zgarishlari qayd qilinadi.
                   Alohida  holatda  ko‘pgina  uslubiy  tadqiqotlarda  tuproqning  elektr
            o‘tkazuvchanlik xususiyatini o‘rganish yuzasidan izlanishlar olib borilgan.

            Bu  yerda  ikkita  sxema  alohida  qayd  qilib  o‘tiladi:  ya’ni  doimiy  va
            o‘zgaruvchan  tok  sharoitidagi  holatlar.  Birinchi  variant  uchun  quyidagi
                                                                             0
            tajriba sxemasi tipik holat hisoblanadi. Ya’ni, 105 C harorat ta’sirida to‘liq
            holatda quritilgan tuproq namunasi shisha yoki chinnidan yasalgan silindr
            idishda  zich  holatda  presslanadi  (uzunligi  ~2,5  sm,  qalinligi  1,5  sm  va
            ichki  diametr  o‘lchami  ~10  sm).  Silindrga  mis  elektrodlar  tushiriladi.

            Namuna  keyingi  bosqichda  tuproqqa  suv  sepish  usulida  namlantiriladi.
            Qarshilik  qiymatini  o‘lchash  ampermetr  –  voltmetr  usulida  amalga
            oshiriladi. 220 V kuchlanish elektr manbaidan potensiometr orqali beriladi,
            bunda  silindrda  tajriba  vaqtida  doimiy  holatdagi  120  V  kuchlanish

            saqlanadi.
                   Ikkinchi  variantdagi  tajriba  sxemasi  ham  deyarli  ushbu  ko‘rinishga
            ega  hisoblanadi.  50  Gs  chastotaga  ega  bo‘lgan  220  V  kuchlanish

            avtotransformator orqali yuqoridagi kabi silindrga solingan va doimiy 120
            V  kuchlanish  beriluvchi  tuproq  namunasiga  beriladi.  Bu  ko‘rinishdagi
            barcha  sxemalarning  ishlab  chiqilishi  XX  asrning  oxirlaridan  boshlab
            rivojlantirila boshlangan va bu jarayon hozirgi vaqtgacha davom etmoqda,

                                                            272
   272   273   274   275   276   277   278   279   280   281   282