Page 253 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 253
W = a b c,
R 3 R 2
Bu yerda a, b va s – empirik konstantalar (o‘zgarmaslar) hisoblanadi.
Aftidan, W = f (R) bog‘lanishini sof holatda to‘g‘ri ko‘rinishdagi yo‘l
bo‘yicha S.I.Dolgov hisoblab topgan. U hisoblashicha, bu bog‘liqlikni
aniqlash uchun W qiymat bilan bir vaqtning o‘zida qarshilik qiymatiga
ta’sir ko‘rsatuvchi barcha qolgan omillar su’niy tarzda doimiy ko‘rinishiga
o‘tkazilishi talab qilinadi. Ushbu maqsadlarda turli xil tuproqlar uchun
qarshilikning harorat koeffitsenti kiritiladi va bu koeffitsent muallifga bitta
haroratning o‘zida (t*) qarshilikning barcha qiymatlarini hisoblash
imkonini beradi.
Haqiqatdan ham, istalgan harorat t sharoitlarida Rt qiymatni
hisoblash davomida va shuningdek, qarshilikning haroratga chiziqli
tarzdagi bog‘liqlik tavsiflaridan foydalangan holatda, ya’ni: Rt = R0 (1 +
o
αt) bo‘yicha (bu erda R0 – 0 S harorat sharoitidagi qarshilikni ifodalaydi),
Rt* = R0 (1 + αt*) tenglik asosida berilgan harorat qiymatida t* = const
qarshilik qiymatini oson isoblab topish mumkin.
O‘rganilayotgan W = f (R) bog‘lanishning elektrolitlar o‘zgaruvchan
tavsiflari ta’sirini hisobga olgan holatda S.I.Dolgov tomonidan bu
holatning oldini olish uchun tuproqni uning tarkibiga NaCl aralashtirilishi
orqali standart to‘yingan sho‘rlanish sharoitini yuzaga keltirish usuli taklif
qilingan. Bu maqsadlarda shuningdek, tuproqlarni standart holatdagi
doimiy zichlik sharoitiga olib kelish uchun maxsus zichlashtiruvchilardan
foydalaniladi, bunda zichlikning W = f (R) bog‘lanish funksiyasiga ta’siri
yo‘qotiladi. Bu funksiyani har tomonlama tavsiflarini o‘rganish
maqsadlarida laboratoriya sharoitida amalga oshirilgan tadqiqotlar
tahlillari nisbatan samarali natijalar berishi tasdiqlangan.
Nazariy jihatdan W = f (R) bog‘lanish aniqlanishi ikkita emas, balki
uchta komponent fazalariga ega bo‘lgan holatdagi o‘tkazuvchanlik
bo‘yicha umumiy qiymatlarni hisoblash usuli asosida amalga oshirilishi
mumkin. Bu holatda, hisoblashlar natijalari ko‘rsatishicha, tuproqlarning
dielektrik xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘limda keltirilganidek, quyidagi
tenglikka amal qilinadi (Odelevskiy, 1951):
i V i 0.
(i ) i 2
Quruq holatdagi tuproqlar uchun i = 2 ga teng, nam holatdagi
tuproqlar uchun esa i = 3 ga teng. Ushbu tenglama mazmunini
oydinlashtirish uchun quyidagi formulani kiritamiz:
248