Page 252 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 252

§ 6.4. Elektr o‘tkazuvchanlikning tuproq namligiga bog‘liqligi


                   Yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  omillar  orasida  nisbatan  sezilarli
            darajadagi katta ta’sirlar tuproq namligi orqali ifodalanadi. Umumiy  (Ω)
            yoki  solishtirma  (σ)  elektr  o‘tkazuvchanlik  qiymatining  (yoki  mos

            ravishda  uning  teskari  qiymatlari  R  va  ρ)  namlik  bilan  bog‘lanishini
            tahliliy  o‘rganish  ishlari  o‘tgan  asrning  80-yillaridanoq  boshlangan.
            Laboratoriya  va  dala  sharoitida  amalga  oshirilgan  tajribalar  natijalari

            asosida  mualliflar tomonidan tuproq namligi  W va qarshiligi R o‘rtasida
            quyidagi ko‘rinishdagi funksional bog‘liqlik mavjudligi tasdiqlangan:

                                                        W =    const
                                                                R  2
                   Yoki aniqroq aytganda (Rivkind, Bajenova, 1936) quyidagi tenglikga
            amal qilinadi:

                                                       W =     a   b.
                                                              R 2
                   So‘nggi  yillar  davomida  nisbatan  alohida  qismlar  bo‘yicha  batafsil

            amalga          oshirilgan         tadqiqotlar         natijalarida         ko‘rsatilishicha,
            soddalashtirilgan yakunlar faqat elektr o‘tkazuvchanlik qiymatiga boshqa
            omillarning  ta’siri  mavjud  bo‘lmagan  holatlardagina  amal  qilishi  qayd

            qilingan,  jumladan  harorat,  tabiiy  sharoit  va  tuproq  tarkibidagi  tuzlar,
            tuproq zarrachalarining o‘lchamlari va boshqa omillarning ta’siri mavjud
            bo‘lmasligi  talab  qilinadi.  Bu  ko‘rinishdagi  qo‘shimcha  holatlarning

            hisobga  olinishi  esa  nisbatan  murakkabroq  bo‘lgan  tenglikni  keltirib
            chiqarish ehtiyojini tug‘diradi, ya’ni W = f (R).
                   Ushbu  ko‘rinishda,  A.P.Bajenova  va  T.L.Rivknid  tomonidan

            hisoblanishicha, bu funksiya tuproqning fizik – kimyoviy xususiyatlariga
            bog‘liq  holatda  chiziqli  yoki  ko‘rsatkichli  tipda  bo‘lishi  ta’kidlanadi.
            Dolgov  tomonidan  quyidagi  tipdagi  formula  tavsiya  qilingan  (Dolgov,
            1937):

                                                       W =     a   с,
                                                              R b
                   Bu  yerda  a  va  b  –  tuproqning  xususiyatlariga  bog‘liq  bo‘lgan

            konstantalar hisoblanib, bunda b qiymati har doim 1,5-2 ga yaqin bo‘lishi
            anilangan, s qiymati esa R holatda namlik ma’nosini ifodalaydi, ya’ni
                                                  
            quyidagi formula asosida xisoblaniladi:
                                                       s = W     R   .
                   Boshqa  tadqiqotlarda  (Nizenkov,  1932)  quyidagi  ko‘rinishdagi

            formula taklif qilinadi:


                                                            247
   247   248   249   250   251   252   253   254   255   256   257