Page 243 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 243
qilib, haroratning tuproq elektr ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish
yo‘nalishida amalga oshirilgan dastlabki tadqiqot ishlaridan birida (Loschi,
0
1938) 0 dan 105 C gacha oraliqdagi haroratning ta’siri o‘rganilgan. Bunda
yuqori radio chastotalarda aralashtirish usulidan foydalanilib,
kondensatorning sig‘imi va qarshiligi o‘lchangan, dielektrik sifatida quruq
tuproq tarkibi olingan. Aniqlanishicha, σ qiymati ko‘rsatilgan harorat
5
oralig‘ida o‘zgarishga uchraydi, jumladan СГСЭ tizimida 3,4·10
0
5
0
birlikdan (0 C harorat sharoitida) 8·10 СГСЭ birlikgacha (105 C harorat
sharoitida) o‘zgarishga uchrashi aniqlangan, ε qiymati esa deyarli
o‘zgarishsiz qoladi va 4 ga teng bo‘lishi kuzatiladi. Elektr
0
o‘tkazuvchanlikning harorat koeffitsenti (βt) 20 C harorat sharoitida 2% ga
teng bo‘lishi kuzatilgan va bunda chastota ortishi bilan ushbu qiymat ortib
borishi aniqlangan.
Xigs ma’lumotlariga ko‘ra (1930), o‘zgaruvchan tok sharoitida 5 Gs
chastotada amalga oshirilgan o‘lchashlarda βt qiymatining ortishi 15 dan
0
0
20 C gacha oraliqda kuzatilib, bunda 1 C haroart sharoitida βt = 3% ga
teng bo‘lishi aniqlangan. 0 C harorat sharoitida esa dielektrik doimiy
0
singari elektr o‘tkazuvchanlik qiymati ham pasayishi kuzatiladi. Sobiq
Ittifoq hududida tuproq elektr qarshiligining haroratga bog‘liq
o‘zgarishlari masalasi yo‘nalishida S.I.Dolgov (1937) ko‘p sonli
tadqiqotlarni amalga oshirgan bo‘lib, u tomonidan ko‘rsatilishicha Azov
oldi mintaqasi hududida tarqalgan qora tuproqlarda xona harorati
sharoitida qarshilikning kamayib borishi chiziqli tarzda amalga oshishi
ta’kidlangan.
0
t0 = 21 C ni tashkil qilishini hisobga olgan holda, u tomonidan
quyidagi tenglik kiritilgan:
Rt = R21 [1 – βt (t – 21)]
Chiziqli o‘zgarishlardan birmuncha farqlanuvchi, aniqroq aytganda
nisbatan keskin o‘zgarishlarni ifodlovchi σ = f (t) bog‘liqlik Hindistonlik
fiziklar tomonidan qayd qilingan (Khastigir, Roy, Baneryee, 1946) (44-
rasm).
44-rasm. Tuproqning elektr qarshiligi
harorat yo‘nalishlari.
1, 2, 3 raqamlar turli xil tuproq tiplariga mos
keladi. Bu erda, butun chiziqlar – solishtirma
qarshilik (σ), uzuq chiziqlar – elektr
o‘tkazuvchanlikni (σ) ifodalaydi.
Ular tomonidan keltirilishicha,
238