Page 241 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 241

So‘nggi  keltirilgan  holatni  izohlashda  klassik  elektron  nazariyaga
            binoan, solishtirma qarshilik ρ bilan bir tomondan, elektronlarning zaryadi

            e, massasi m, erkin harakatlanish uzunligi le, konsentratsiyasi n va issiqlik
            tezligi  v  bilan  ikkinchi  tomondan  quyidagi  ko‘rinishdagi  bog‘lanishlar
            mavjudligi tasdiqlangan:

                                                               2 mv
                                                        ρ =
                                                              ne 2 l e
                    Tuproq  eritmasida  oddiy  elektrolit  qo‘yidagicha  munosabatda

            bo‘ladi:
                                                                1
                                                    ρ =
                                                          zc k  (u    u  )


                   bu erda,
                   α – elektrolitik dissotsiatsiyalanish koeffitsenti;

                   sk – eritma konsentratsiyasi;
                   z – ionlar valentligi;
                   u+  va  u–  –  musbat  va  manfiy  zaryadli  ionlarning  harakatchanligi,
            ya’ni E = 1 qiymatidagi kuchlanishga ega elektr maydonidagi ionlarning

            tezligini (masalan, 1 v/sek) aks ettiradi.
                   Dielektriklar uchun σ qiymati rasmiy holatda elektrolitlar uchun aks
            ettirilgan  tenglama  bilan  ifodalanishi  mumkin,  biroq  zaryadlarning

            (elektronlar va bo‘shliqlar) harakatlanishi butunlay boshqacha mexanizm
            asosida amalga oshadi va bu holat zaryad manbasining qo‘zg‘alishiga va
            ularning  tashqi  sharoit  ta’siri  (nurlanish  va  asosan  harorat)  ostida  to‘liq

            holatdagi valent zonadan o‘tkazuvchan zonaga sakrashlari amalga oshishi
            bilan  bog‘liq  hisoblanadi.  Ma’lumki,  bunda  zaryad  manbai  orqali
            egallanuvchi ta’qiqlangan zona katta hisoblanadi va uning qiymati yuzlab

            kT qiymat orqali o‘lchanadi (bu erda k – Bolsman doimiysi, T – mutloq
            harorat qiymatini ifodalaydi).
                    Tuproq  eritmasining  muhim  ahamiyatlaridan  biri,  aynan  uning
            xususiyatlari tuproqning to‘liq elektr xarakteristikasini, ya’ni uning harorat

            jarayoni, elektroosmos, elektroforez kabi barcha elektrokinetik hodisalar,
            o‘zgarmas  tokning  tuproqdan  o‘tishida  qutblanish  hodisasi  va
            o‘zgaruvchan tokning tuproqdan o‘tishida chastotali-dispersion ta’sirlarini

            belgilaydi.  Bu  hodisalardan  ayrimlari  kitobning  ushbu  bobining  keyingi
            paragraflarida batafsil yoritiladi. Bu erda biz agronomiya, tuproqshunoslik,
            dehqonchilikdagi nazariy va amaliy masalalarni echishda tuproqning elektr





                                                            236
   236   237   238   239   240   241   242   243   244   245   246