Page 237 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 237
42-rasm. Suyuqli termometrlarni o‘rnatish
Termometrning maksimal ko‘rsatishi maxsus shtift (shisha tayoqcha)
yordamida saqlab turiladi. Termometrni tayyorlashda rezervuar tagiga uchi
kapillyarga kirib turadigan qilib kichkina shisha shtift payvand qilingan.
Buning natijasida rezervuardan kapillyarga o‘tish yo‘li torayib qoladi (bu
holda rezervuardan kapillyarga o‘tish yo‘li kapillyardagi kanal kesimidan
kichikroq kesim yuzli halqadan iborat bo‘lib qoladi).
Meteorologik stansiyalarda tuproq yuzasining haroratini o‘lchash
uchun termometrlarni maxsus ochiq (o‘tdan tozalangan) va yumshatilgan
maydon markaziga o‘rnatiladi. Uchala (muddatli, maksiml, minimal)
termometrlar bir-biridan 10-15 sm masofaga, rezervuarlarini sharqqa
qaratib va tuproqqa botirib o‘rnatiladi. Rezervuarlar tuproqqa zich tegib
turishi kerak. Muddatli va minimal termometrlar gorizontal, maksimal
termometr esa rezervuarga tomon ozgina qiya qilib o‘rnatiladi, ya’ni
rezervuarini pastroq qilib o‘rnatiladi.
Tuproq haydalma qatlamining haroratini Savinov tirsakli
termometrlari TM-5 bilan o‘lchanadi. Savinov termometrlari komplekt
tarzda chiqariladi, 1 ta komplektda tuproqning 5, 10, 15, va 20 sm
chuqurliklaridagi haroratini o‘lchashga mo‘ljallangan 4 ta termometr
bo‘ladi (43-rasm).
Tirsakli termometrlarni ham tuproq yuzasining haroratini o‘lchash
uchun termometrlar joylashtirilgan maxsus maydonchaga joylashtiriladi.
Tuproqning katta chuqurliklaridagi haroratini TPV-50 tipidagi
simobli tortma termometrlar bilan o‘lchanadi. To‘liq komplektda 8 ta
tortma termometr bo‘lib, ularni 20, 40, 60, 80, 120, 160, 240 va 320 sm
chuqurliklarga o‘rnatiladi. Bunday termometrlarni ko‘p yillarda kuzatishga
232