Page 232 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 232

katta  bo‘lsa  tuproqning  issiqlik  rejimiga  bo‘lgan  ta’siri  shuncha  kam
            bo‘ladi.

                   Plyonkani tuproq yuzasiga chigit ekib bo‘lgan zahotiyoq yotkiziladi.
            G‘o‘za  qator  oralig‘i  60  sm  bo‘lganda,  plyonkaning  kengligi  90  sm
            bo‘lishi                                                                                 kerak.

                   Bunday sharoitda ikki qator chigit ekilgan oraliq (60 sm) hamda ikki
            tomondagi  qo‘shni  katorlardan  5  sm  dan  maydon  ilyonka  ostida  qoladi.
            Shunday  qilib,  hammasi  bo‘lib  kengligi  70  sm  ga  teng  bo‘lgan  maydon

            vegetatsiya  davrida  plyonka  ostida  bo‘ladi.  Plyonkani  shamol  uchirib
            ketmasligi  uchun  uning  ikki  chekkasidan  taxminan  8-10  sm  kenglikda
            tuproqqa  ko‘mib  ko‘yiladi.  Plyonka  ostida  chigit  to‘la  unib  chiqqandan
            so‘ng  har  bir  chigit  tushgan  uya  ustidan  g‘o‘zaning  yuqoriga  ko‘tarilib

            chiqishi  uchun  diametri  30  mm  li  teshikchalar  ochiladi.  G‘o‘za  qator
            oralig‘i  60  sm  bo‘lganda  qator  oralig‘iga  ishlov,  sug‘orish,  oziqlantirish
            kabi  agrotexnik  tadbirlar  bir  egat  tashlab  o‘tkaziladi.  Bunday  hollarda

            plyonka  ostidagi  maydonga  paxta  vegetatsiyasi  davrida  mutlaqo  ishlov
            berilmaydi. Keyingi vaqtlarda Toshkent viloyatida chigit yoppasiga aprel
            oylarining boshlarida ekilmoqda. Bunday sharoitda chigit 8-10 kunda to‘la
            unib  chiqadi.  Lekin,  ko‘pincha  chigit  unib  chiqqandan  so‘ng  havo

            haroratining  pasayib  ketishi  va  yog‘ingarchilik  natijasida  er  yuzida
            qatqaloq paydo bo‘lishi ham mumkin. Bunday ob-havo sharoitida tuproq
            harorati  ham  pasayib  ketadi.  Qatqaloq  mavjud  bo‘lgan  sharoitda  esa

            atmosferadan  keladigan  kislorod  miqdori  kamayib  ketadi  va  g‘o‘zada
            "ildiz  chirish"  kasalligi  paydo  bo‘ladi.  Polietilen  bilan  mulchalangan
            maydonlarda  esa  g‘o‘za  hech  qanday  kasallikka  chalinmaydi.  Chunki,  u

            tuproq temperaturasining ochiq erga nisbatan baland bo‘lishini shu bilan
            birga chigitni to‘la va sog‘lom unib chiqishini ta’minlaydi.
                   Mulchalash birinchi navbatda tuproqning issiqlik rejimiga katta ta’sir

            ko‘rsatadi.  Mulchalangan  tuproqning  harorati  sutka  davomida  100  sm
            gacha  bo‘lgan  chuqurlikda  mulchalangan  va  mulchalanmagan  tuproqlar
            orasidagi  tafovut  tuproqning  ustki  qatlamidan  pastki  qatlamlariga  qarab
                                                                                     0
            kamayib boradi. Agar 5 sm chuqurlikda bu tafovut 6,8 S ni tashkil qilsa,
                                          0
            50 sm, chuqurlikda 2,3 C ga tenglashadi.

                 Tuproq issiqlik rejimining g‘o‘za rivojlanishi davrida o‘zgarishi


                   Tuproq  harorati  issiqlik  rejimining  asosiy  ko‘rsatkichi  hisoblanadi.
            Shuning  uchun  issiqlik  rejimi,  ko‘pincha,  tuproq  harorati  ham  deyiladi.
            Quyosh  energiyasi  tuproq  yuzasini  sutka  mobaynida  va  yilning  ayrim

                                                            227
   227   228   229   230   231   232   233   234   235   236   237