Page 228 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 228
38-rasm. Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning harorat rejimi:
a- suvayirg‘ich; b-janubi-sharqiy qiyalik; v- yuvilib to‘plangan tuproq
Ushbu tuproqlarda barcha kuzatilgan nuqtalarda tuproqning ustki
qatlamlarini juda qisqa davr mobaynida muzlashi kuzatilgan. Kuzgi-
0
qishki-erta bahorgi davrlarda 5 S darajaga teng tuproq harorati suv
ayirg‘ich tuproqlarida 40 sm chuqurlikda kuzatildi, janubiy-g‘arbiy
qiyalikda esa 55 sm chuqurlikda, yuvilib to‘plangan tuproqlarda 40 smda
0
kuzatildi. Bu tuproqlarda 5 C dan past harorat suv ayirg‘ich tuproqlarida
15 dekabrdan 20 fevralgacha, janubiy-g‘arbiy qiyalik tuproqlarida 15
dekabrdan 20 fevralgacha, yuvilib to‘plangan tuproqlarda 30 dekabrdan 20
fevralgacha saqlanib turishi kuzatilgan. Past haroratli davrda suv ayirg‘ich
tuproqlarida 110 sm chuqurlikda harorat 30 noyabrdan 10 fevralgacha
10 C ga teng bo‘ladi. Janubiy-g‘arbiy qiyalikda tarqalgan va yuvilib
0
to‘plangan tuproqlarda bu harorat 210 smda 25 noyabrdan 10 martgacha
va 160 smda 30 dekabrdan 10 fevralgacha kuzatilgan.
0
Suv ayirg‘ich tuproqlarida 20 C ga teng harorat tuproq yuzasida 25
apreldan oktyabrning birinchi dekadasigacha saqlanib turishi kuzatilgan.
Noyabr o‘rtasiga kelib bu harorat 420 sm chuqurlikgacha kirib boradi.
Janubiy-g‘arbiy qiyalik va yuvilib to‘plangan tuproqlarida bu harorat
oktyabrning o‘rtalariga va dekabrning boshlariga kelib 400 sm chuqurlikda
namoyon bo‘ladi.
0
Tuproqning 30 C gacha isishi suv ayirg‘ich tuproqlarida 0-12 sm
qatlamda iyunning birinchi o‘n kunligidan avgustning birinchi o‘n
kunligigacha davom etishi aniqlangan, janubiy-g‘arbiy qiyalik
tuproqlarining bunday isishi 60 sm chuqurlikgacha kirib boradi va 15
223