Page 231 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 231
Keyingi 10-15 yil ichida mulcha uchun ishlatiladigan materiallar
qatoriga polietilen va poliamid kabi polimer plyonkalar ham qo‘shildi,
ulardan qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda.
Polietilen plyonka asosini yuqori molekulali birikmalar tashkil
qiladigan polimer materiallar qatoriga kiradi. Polietilen plyonkalarning
ijobiy xususiyatlaridan biri ularning spektral tiniqligidir. Tuproqni
mulchalashda plyonkalar spektral tiniqlik darajasiga qarab uchga bo‘linadi.
Oq, tutunsimon va qora plyonkalar ana shular jumlasiga kiradi. Yirik
issiqxonalarda ko‘proq yorug‘lik tushishi uchun oq polietilen plyonkadan
foydalaniladi.
Polietilen plyonkaning mulcha sifatidagi eng asosiy xossalaridan biri
uning mexanik pishiqligidir. Plyonka yuqori haroratda kengayib, past
haroratda torayadi. Lekin, undagi bu o‘zgarish 1 m 2,8 sm dan oshmaydi.
0
0
Yangi plyonka issiqqa (+80 C ga) va sovuqqa (-60 C gacha) chidamlidir.
G‘o‘za ekilgan maydonlarni polietilen plyonka bilan mulchalash
sohasidagi tajribalar O‘zbekistonda birinchi marta 1963-1964 yillarda
Toshkent viloyati YAngiyo‘l tumanida o‘tkazildi. Ikki yil mobaynida
paxta dalasida oq, tutunsimon va qora plyonkalar sinab ko‘rildi. Paxta
etishtirish uchun oq plyonka eng samarali ekanligi aniqlandi.
Polietilen plyonka bilan mulchalash tuproqning issiqlik rejimiga
katta ta’sir ko‘rsatadi (43-jadval).
43-jadval
20 sm chuqurlikdagi tuproqning faol haroratlar yig‘indisiga polietilen plyonka
bilan mulchalashning ta’siri (I.Turapov ma’lumoti, 2013)
Oylar Sug‘oriladigan o‘tloqi Eskidan sug‘oriladigan tipik Sug‘oriladigan taqirli
tuproq bo‘z tuproq tuproq
Mulcha Nazorat Farqi Mulcha Nazorat Farqi Mulcha Nazorat Farqi
Aprel 627 522 105 640 531 109 670 560 110
May 723 633 90 819 658 161 765 600 165
Iyun 834 792 72 906 815 91 915 704 211
Iyul 813 753 60 822 788 34 839 680 159
Avgust 669 615 54 708 675 83 700 625 165
Sentyabr 535 531 24 680 599 61 601 490 111
Oktyabr 380 360 20 386 370 16 523 487 36
Jami 4631 4200 431 4935 4436 499 5104 4146 958
Mulchalash uchun tayyorlangan plyonkalar qancha enli bo‘lsa, tuproq harorati
shuncha yuqori bo‘ladi. Plyonkalardagi teshikchalarning maydoni qancha
226