Page 235 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 235
40-rasm. 10-nuqtali elektrotermometr (AFI)
Datchiklarning haroratni juda aniq sezuvchi qismi bilan tuproq o‘rasi
devorlarining ma’lum chuqurligida yuqoridan pastga tomon bir qator qilib
zich joylashtiriladi. Bu ishlar bajarilgandan so‘ng elektrotermometrning
datchiklarini shnurlariga zarar keltirmagan holda tuproq o‘rasi ko‘miladi.
Tuproq yuzasida qolgan shnurlar iloji bo‘lsa suv o‘tkazmaydigan material
bilan himoya qilinishi lozim. Tuproq haroratini o‘lchaydigan agregat esa
o‘ra qazilgan joydan ancha uzoqda joylashishi mumkin (bu, asosan,
shnurning uzunligi bilan bog‘liq). Kuzatish olib boriladigan maydon,
albatta, atmosfera yog‘in-sochin yoki sug‘orish suvlari ta’siridan
saqlanishi lozim.
Tuproq haroratini aniqlash ma’lum vaqtlarda (ertalab, kunning
00
birinchi yarmi, kunduzi soat 16 da, kechqurun va h.k) tuproq
kesmasining ma’lum chuqurligidan tortib kelingan shnurlarni o‘lchov
asboblariga ulash orqali aniqlanadi va yozib boriladi. O‘lchov apparatini
oddiy batareya tok bilan ta’minlaydi.
3. “Termopauk”-AFI (PTPP-2K) tuproq yuzasi haroratini o‘lchashga
mo‘ljallangan, M.A.Kaganov (1952) tomonidan ixtiro qilingan asbob.
Mazkur asbob bilan tuproq yuzasining birgina nuqtasi haroratini emas,
balki bevosita o‘n oltita nuqtadagi harorati o‘lchanadi. Bu esa, o‘z
navbatida, tasodifiy o‘zgarishlarni bartaraf qiladi. Haroratni o‘lchash 1
2
ma/d aniqligini beradigan magnitoelektrik galvanometr yordamida 1 m
0
yuza uchun olib boriladi. O‘lchash diapozoni – 5 dan 60 C orasida
tebranib turadi (41-rasm).
AFIning elektrotermometri va “termopauk” apparatlari distansion,
ya’ni ma’lum masofadan turib tuproqning tabiiy holatini buzmagan holda
uning ma’lum chuqurlikdagi va tuproq yuzasidagi harorat o‘zgarishlarni
aniq hisobga oladigan engil va portativ asboblar hisoblanadi.
230