Page 240 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 240

Gap shundaki, tuproq uch fazali murakkab fizik – kimyoviy birikma
            hisoblanib,  uning  tarkibida,  biz  odatda,  o‘zaro  keskin  tarzda  elektr

            o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ko‘ra farqlanuvchi - metallar, dielektriklar
            (elektr  o‘tkazmaydigan  modda)  va  elektrolitlarni  ham  uchratishimiz
            mumkin.  Albatta,  elektrni  ideal  o‘tkazuvchilar  tuproq  konglomeratlarida

            unchalik  katta  miqdorda  emas,  biroq,  har  xil  temir,  marganets,  xrom
            birikmalari,  metallarning  oksidlari,  nodir  metallar,  molibdenitlar,
            monelitlar  va  boshqa  oltingugurtli,  grafitli  yaxshi  o‘tkazuvchi  moddalar

            doimo  tuproqning  mineralogik  tarkibida  mavjud  bo‘ladi  va  ma’lum
            darajada  tuproqning  umumiy  elektr  o‘tkazuvchanligini  shakllanishiga
                                                                                                           –1
            ta’sir etadi. Ushbu ko‘rinishdagi elementlar tarkibiga ega minerallar 10
            dan  10   om·sm  ga  teng  kichik  solishtirma  qarshilik  qiymatiga  ega
                      –4
            hisoblanadi.
                   Aksincha,  tuproqning  mineral  qismidagi  asosiy  elementlar  haddan
                                                                                              16
                                                                                     14
            tashqari yuqori dielektrik xususiyatiga egadir. Kvars (10  – 10 om · sm),
                               12
                                        14
                                                                      15
                                                                              17
                                                                                                           10
            dala shpati (10  – 10  om · sm), slyuda (10  – 10  om · sm), kalsit (10
            - 10  om · sm) kabilar shular jumlasidandir. Tuproqning mineral qismidan
                 14
            tashqari  organik  tuzilishga  ega  –  qattiq  fazasi  ham  mavjud,  lekin
            tuproqning  bu  qismining  elektr  o‘tkazuvchanligini  o‘rganish  bo‘yicha
            tadqiqot ishlari deyarli olib borilmagan. Umumiy elektr o‘tkazuvchanlikka
            tuproqning  g‘ovakliklari  orasidagi  havo  sezilarli  ta’sir  etadi,  ayniqsa  bu
            jarayon  tuproqning  yuqori  g‘ovakliligida  yaqqol  aks  etadi.  Biroq,  shuni

            nazarda tutish lozimki, odatda tuproqda ma’lum miqdorda nam bo‘lganligi
            sababli g‘ovakliklar orasidagi havo namga to‘yingan bo‘ladi va shu bois
            elektr  o‘tkazuvchanlik  yuqori  bo‘lishi  kuzatiladi,  chunki,  toza  suv  ρ

            qiymatining  kichikligi  bilan  harakterlanadi.  Demak,  tuproqning  samarali
            elektr  o‘tkazuvchanligini  baholash  uchun  tuproq  zarrachalari  orasidagi
            namlik,  shuningdek  bu  namni  tuzlar  bilan  to‘yinganligi,  tuproq

            eritmasidagi  elektrolitlarning  miqdori  va  sifati  katta  ahamiyatga  ega.
            Tuproq tiplariga bog‘liq holda tuproq eritmasida HCO3, SO4, HRO4, NO3,
            ON, Cl kabi anionlar va N, N, Sa, Mg, NH4 kationlari, kamdan - kam F, Al
            hamda boshqa ko‘pgina metallar ionlari uchraydi. Bundan tashqari, tuproq

            eritmasida eriydigan organik birikmalar, temir, alyuminiy tuzlari, organik
            kislotalar, uglevodlar, erigan gazlar va boshqalar bo‘ladi.
                  Tuproq eritmasining tarkibi harorat, yog‘in-sochinlar, bug‘lanish va

            boshqalar  ta’sirida  o‘zgarib  turadi.  Yuqoridagilarga  binoan,  tuproqning
            elektr o‘tkazuvchanligi mexanizmi bir xil deyish noto‘g‘ri, modomiki bu
            mexanizmlar  dielektriklar,  elektrolitlar  va  metallar  uchun  umuman
            turlichadir.

                                                            235
   235   236   237   238   239   240   241   242   243   244   245