Page 242 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 242
o‘tkazuvchanligining muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Birinchi navbatda, tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi uning
namligiga bog‘liqligini aniqlashtirish haqida gapirib o‘tish lozim, chunki
bu bog‘liqlik orqali tuproq namligini aniqlash uslubini yaratish mumkin.
Ushbu bog‘liqlikni bilish elektr o‘tkazuvchanlik va elektr uzatuvchanlik
xususiyatlarini ilmiy jihatdan boshqarish imkonini beradi. Natijada
tuproqni sho‘rlanishi va keraksiz elementlardan tozalash kabi qator muhim
xususiyatlarini istalgan tomonga o‘zgartirish mumkin. Elektr
o‘tkazuvchanlikni o‘zgartirish elektrosmos va elektrodiffuziya
jarayonlarini, shuningdek tuproqqa ishlov berish bo‘yicha elektrmoylash,
elektromelioratsiya singari amaliy chora-tadbirlar va boshqalarni ishlab
chiqishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tuproqdagi namning turli shakllarda bo‘lishi va tuproq zarrachalari
hamda suv bilan o‘zaro har xil ta’sirda bo‘lishi tuproq namligi
shakllarining xususiyati haqida mulohaza yuritishda elektr
o‘tkazuvchanlikni – o‘ziga xos va sezgir kriteriy ekanligini ko‘rsatadi.
§ 6.2. Tuproq elektr o‘tkazuvchanligining haroratga bog‘liqligi
Tuproq eritmasining muhim o‘rin tutishi bilan bog‘liq holda aynan
uning xususiyatlari tuproq elektr qarshiligining harorat yo‘nalishlarini
aniqlaydi. Masalan, tuproqning mineral qismining elektr
o‘tkazuvchanligining haroratga bog‘liqligi ko‘pgina dielektriklar singari
eksponensial qonuniyat asosida o‘zgarishi kuzatiladi:
σ = σ e –ε/kT ,
Bu erda, ε – elektron – voltlarda ifodalangan, ta’qiqlangan zonadagi
energetik sakrashni ifodalaydi. Haroratning tuproq minerallari elektr
o‘tkazuvchanligiga ta’sirini e’tiborga olmaslik mumkin, asosiysi
elektrolitik o‘tkazuvchanlik ustunlik qiluvchi tuproq eritmasi to‘g‘risida
qayd qilib o‘tish zarur, bunda keltirilgan bog‘liqlik bilan birgalikda
(Khastigir, Roy, Baneryee, 1946) nisbatan kuchsizroq o‘zgarishlar ham
amalga oshadi, ya’ni aynan harorat (t) bilan σ qiymati o‘zgarishlari orasida
to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish qonuniyati mavjudligi kuzatiladi:
σ = σ0[1+βt(t – t0)],
Bu erda, βt – elektr o‘tkazuvchanlikning harorat koeffitsenti, σ0 –
xona harorati (t0) sharoitidagi elektr o‘tkazuvchanlikni ifodalaydi. Bu
ko‘rinishdagi bog‘liqlik bevosita tajribalarda ham qayd qilinadi. Shunday
237