Page 226 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 226
z) 40 sm chuqurlikda (I.N.Stepanov bo‘yicha) tuproqning eng
0
yuqori harorati ( C) 26,7
3. YOg‘in-sochin miqdori, mm 597
4. Parlangan tuz miqdori, mm 1740
5. Namlanishi koeffitsienti (NK) 0,35
6. 0-100 sm qatlamidagi maksimal suv jamg‘armasi, mm 261,1
7. 0-10 sm, qatlamidagi minimal suv jamg‘armasi, mm 84,2
8. Tuproqning – gidrologik koeffitsienti (I.N.Stepanov
bo‘yicha) 0,32
Tuproqning issiqlik xossalarini yaxshilashda quyidagi agrotexnik
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- tuproq yuzasi al’bedosini kamaytirish maqsadida tuproq yuzasiga
ko‘mir kukunlarini sepish;
- issiqlikni o‘ziga ko‘p yutadigan boshqa turdagi maxsus
materiallardan (torf, go‘ng va boshqalar) foydalanish;
- erning ustki qatlamida notekis yuza hosil qilish;
- erlarni sifatli va chuqur shudgor qilish.
Bu agrotexnik tadbirlarni har bir tuproq-iqlim sharoitining
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirish yaxshi natija beradi.
Tipik bo‘z tuproqlarning issiqlik rejimi. N.Ataxanov (1980) o‘z
tadqiqotlarida Chirchiq – Angren daryo oralig‘ida tarqalgan qo‘riq va
lalmi tipik bo‘z tuproqlarning issiqlik rejimini relef sharoitlarilariga
bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rgangan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, suvayirg‘ichda shakllangan qo‘riq
tipik bo‘z tuproqlar issiqlik rejimining yillik siklida issiq va sovuq davrlar
0
aniq namoyon bo‘ladi (37-rasm). 10 C darajadan yuqori haroratga ega
bo‘lgan issiq davr aprel oyidan sentabr oyining o‘rtalariga qadar davom
etadi, ya’ni 225-230 kunni tashkil etadi. Mart oyining o‘rtalarida tuproq
0
0
yuzasining harorati 10 S ga teng bo‘ladi, aprel oyiga kelib esa 15 C gacha
qiziydi. Bunday harorat iyun oyining birinchi dekadasida tuproq-
gruntining 470 sm chuqurligida kuzatiladi. Aprel oyining oxiriga kelib
tuproq yuzasidagi harorat 20 C darajaga teng bo‘ladi, tuproq-gruntining
0
chuqur qismida esa, ya’ni 220-230 smda bu harorat sentyabrning
o‘rtalarida namoyon bo‘ladi. May oyining oxiridan sentyabrning
0
oxirigacha tuproq yuzasidagi harorat 25 C ga teng bo‘ladi, 80-90 sm
chuqurlikda esa bunday harorat avgustning boshlarida namoyon bo‘ladi.
0
30 C darajadan yuqori harorat iyul oyi davomida faqatgina 15 sm
chuqurlikgacha kirib boradi.
221