Page 185 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 185
3
o‘tkinchi tuproqlarda (2) yillik sug‘orish me’yori 6000x0,9=5400 m ,
3
gidromorf tuproqlar (3) uchun 6000x0,7=4200 m , botqoq tuproqlar (4)
3
uchun 6000x0,5=3000 m ni tashkil etadi.
Sug‘orish me’yorini bunday tabaqalashtirish o‘z navbatida oqar
suvlarni tejaydi va katta iqtisodiy foyda keltiradi.
Tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ham g‘o‘zani sug‘orishga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqda to‘planayotgan tuzlardan yoshligidayoq qiynala
boshlagan g‘o‘zani sizot suvlari o‘sha chuqurlikda turgan, lekin
sho‘rlanmagan erlardagiga qaraganda ertaroq sug‘orishga va mavsumda
ko‘p suv sarflashga to‘g‘ri keladi.
G‘o‘zaning sug‘orish rejimini belgilashda dalalarning tekisligi, chigit
ekishgacha namligining darajasi, sug‘orish usullari, shuningdek sug‘orish
manbalari, rejimi hamda sug‘oriladigan erlarning suv bilan
ta’minlanganligi hisobiga olinadi.
Ekin ekishdan oldin erlar yaxshi tekislanishi, yog‘in-sochin yoki
yaxob suvlari ta’sirida tuproqda urug‘ni bir tekisda o‘sib chiqishini
ta’minlovchi optimal namlik jamg‘armasiga ega bo‘lish lozim. Bunday
maydonlarda odatdagi sug‘orish ishlari kechroq boshlanadi. Er relefining
tuzilishiga, sizot suvlarining sathiga va ularning minerallashganligiga, suv
manbalarining rejimi hamda sug‘oriladigan erlarning suv bilan
ta’minlanganlik darajasiga qarab g‘o‘zani sug‘orishning progressiv
usullaridan foydalanish lozim. Masalan, sizot suvlari 1-2 metr chuqurlikda
joylashgan bo‘lsa g‘o‘zani sun’iy (yomg‘ir usulida) sug‘orish tavsiya
etiladi va h.k.
Xullas, ekinlarni, jumladan g‘o‘zani sug‘orish rejimini ishlab
chiqarishda tuproq-iqlim va boshqa xo‘jalik omillari inobatga olinishi
lozim. Asosiy vazifa - tuproqda madaniy o‘simliklarni yaxshi
rivojlanishini hamda yuqori hosil berishini ta’minlovchi suv rejimini
vujudga keltirish lozim.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning suv rejimi deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqning suv rejimining qanday turlarini bilasiz?
3. Davriy yuviladigan suv rejimi deganda nimani tushunasiz?
4. Yuvilmaydigan suv rejimi deganda nimani tushunasiz?
5. Terlaydigan suv rejimi qaysi mintaqa tuproqlari uchun xos?
6. Tog‘ mintaqasi tuproqlarining suv rejimi qaysi tipga mansub?
7. Tog‘ oldi mintaqasi tuproqlarining suv rejimi qanday?
180