Page 180 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 180

xilma-xilligiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, cho‘l mintaqasi tuproqlarining suv
            jamg‘armasi  baribir  juda  oz  va  o‘simliklar  dunyosining  suvga  bo‘lgan

            talabini  qondirishdan  ancha  uzoqda  turadi.  SHuning  uchun  ham  cho‘l
            mintaqasida  o‘simlik  dunyosigina  emas,  balki  em-xashak  o‘tlarning
            hosildorligi ham juda kam (1-2 s/ga).

                   Cho‘l  o‘simliklari  qishdayoq  o‘sa  boshlaydi,  bahorgi  yomg‘irda
            etiladi, yog‘in-sochin tugashi bilan may oyi boshlarida pishib vegetatsiya
            davrini  tugatadi.  Lekin,  chuqur  ildiz  otgan  ko‘p  yillik  yantoq,  saksovul,

            shuvoq,  isiriq  kabi  o‘simliklarning  vegetatsiya  davri  avgust  oyigacha
            davom  etadi.  Chunki,  ularning  ildiz  tizimi  tuproqning  har  yil
            namlanadigan qatlamidan juda ham chuqur joylashadi.
                   Qish  va  bahor  mavsumlarida  cho‘l  tuproqlari,  ko‘pincha,  umumiy

            nam sig‘imining yarmigacha namiqadi.
                   Yog‘in-sochin davrida tuproqning yuza qatlamlaridagina faol namlik
            bo‘lishi  mumkin.  Yog‘ingarchilik  davri  tugagach  tuproqning  bu  qatlami

            shamol,  issiqlik  ta’sirida  va  o‘simliklar  vositasida  bir  kundayoq  qurib
            qoladi.  Umuman,  cho‘l  tuproqlarining  0-30  sm  li  qatlami  mart-aprelda
            so‘lish  namligi  darajasidagina  namlanadi.  Iyun-iyulda  ularning  namlik
            darajasi  so‘lish  namligidan  juda  past  bo‘ladi.  Lekin,  sho‘r  tuproqli

            sharoitga moslashgan o‘simliklar bu namlikda ham o‘sadi.
                   Kechasi, ayniqsa quyosh chiqishidan biroz oldin cho‘l tuprog‘ining
            namlik  darajasi  kunduzgiga  nisbatan  ikki  baravar  ortadi.  Bu  shabnam

            (kondensat  odatda  cho‘l  zonasida  kunduzi-kechasi  o‘rtasidagi  keskin
            haroratlar gradienti ta’sirida vujudga keladi) jazirama yoz paytlarida cho‘l
            o‘simligining birdan-bir hayot manbai hisoblanadi.

                   Shunday  qilib,  cho‘l  tuproqlarning  suv  rejimi  bu  zonada  faqatgina
            sug‘orib  dehqonchilik  qilish  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Cho‘l  zonasi
            tuproqlari faqatgina noqulay suv rejimiga ega bo‘lib qolmasdan, bu tuproq

            tarkibida  chirindi  moddasi  juda  kam  (0,5-0,8%  atrofida)  bo‘lib,  ular
            albatta,  u  yoki  bu  darajada  sho‘rlangandir.  Bundan  tashqari  cho‘l
            tuproqlari  zonasida  qurg‘oqchilik  keng  tarqalgan.  Shuning  uchun  ham
            cho‘l zonasi tuproqlarining unumdorligini oshirish faqatgina ularning suv

            rejimini  boshqarishga  qaratilgan  bo‘lmasdan,  balki  cho‘l  tuproqlarining
            butun  xossa  va  xususiyatlarini  yaxshilashga  qaratilgan  kompleks
            tadbirlarni qo‘llashni taqozo qiladi.







                                                            175
   175   176   177   178   179   180   181   182   183   184   185