Page 178 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 178

kuzga  borib  soviyotgan  qatlamlarga  bug‘  bo‘lib  ko‘tariladi,  quyuqlashib
            suvga  aylanadi.  Yog‘in-sochin  davri  boshlangunga  qadar,  tuproqning

            haydalma  qatlamida  biroz  nam  to‘planadi.  Bu  kuzgi  don  ekinlarining
            sovuq tushguncha unib chiqishini, birinchi yomg‘irlardan keyin baquvvat
            bo‘lib  o‘sishini  ta’minlaydi.  Bunday  maysalar  sovuqqa  ancha  chidamli,

            ildiz sistemasi kuchli, yaxshi rivojlangan bo‘ladi.


























                              27-rasm. Lalmi tipik bo‘z tuproqlarning suv rejimi

                   Er  etilishi  bilanoq  engil  boronalash  tuproq  qatlamlarining  havo
            almashinuvini, yog‘in suvlarining tuproqqa yaxshi singishini ta’minlaydi,

            tuproqning yuza qatlamidagi namning shamol, harorat ta’sirida bug‘lanib
            ketishini kamaytiradi.
                   Shunday agrotexnik tadbirlar qo‘llanilgan joylarda tuproqning 2 m li

            qatlamida  o‘suv  davrida  ham  o‘simlik  o‘zlashtira  oladigan  nam
            jamg‘armasi etarli  bo‘ladi. Bunda er sathining qanday  bo‘lishidan qat’iy
            nazar  erta  bahorda  2  m  li  tuproq  qatlamida  420-480  mm  yoki  gektariga
            4200-4800  tonna  (metr  kub)  nam  to‘planadi.  Faol  namlik  gektariga  23

            tonnadan 3000 tonnagacha etadi. Bunday sharoitda har gektaridan 22 s don
            hosili, 24 s gacha oziqabop somon olinadi. Haydalmagan qo‘riq erlarning
            har gektaridan o‘rib olish mumkin bo‘lgan pichan miqdori (quruq vaznda)

            54 s ga etdi.
                   Och tusli bo‘z tuproqlarning suv rejimi. Bo‘z tuproqlar zonasida och
            tusli  bo‘z  tuproqlar  tarqalgan  maydon  o‘zining  tekisligi,  yog‘in-

            sochinlarning eng kam miqdorda bo‘lishi hamda havo harorati eng yuqori,
            aksariyat-tuproqdan  sarflanadigan  suvning  eng  katta  ko‘rsatkichga  ega
            bo‘lishi bilan harakterlanadi.




                                                            173
   173   174   175   176   177   178   179   180   181   182   183