Page 173 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 173

qatlam hosil qilmaydi, ko‘pincha pakana, nimjon, bo‘ladi. Shuning uchun
            bunday maydonlarda ozuqabop o‘tlar kam bo‘ladi.

                   O‘zbekiston hududi tog‘, tog‘oldi - adir va cho‘l past tekisliklariga
            bo‘lingan.  Agarda  ushbu  bo‘linishga  tuproqlarning  tarqalishi  nuqtai
            nazaridan  qaramoqchi  bo‘lsak,  bunda  tog‘li  o‘lkalarda  –  tog‘  tuproqlari,

            o‘rmon  kashtan  qo‘ng‘ir  tuproqlari  va  boshqalar:  tog‘oldi  –  adirlarda  -
            qisman  to‘q  tusli,  asosan  tipik  va  och  tusli  bo‘z  tuproqlar:  cho‘l  past
            tekisliklarda - taqirlar, sur tusli qo‘ng‘ir, qumloq va qumli sahro tuproqlari

            va boshqalar tarqalgan.
                   O‘zbekistonda 1960 yillardan boshlab lalmi bo‘z tuproqlarni, ayniqsa
            ularning suv rejimini o‘rganish bo‘yicha chuqur va har tomonlama ilmiy
            izlanishlar  olib  borilgan.  Bularga  misol  qilib  H.M.Abduvoxidovning

            (1964)  qo‘riq  erlar  bo‘z  tuproqlari  bo‘yicha,  V.Umarovaning  (1962)
            shudgor  va  qo‘riq  erlar  bo‘yicha,  S.N.Rijov,  L.N.Poberejskiylarning
            (1966),          S.M.Mamaniyozov,                 A.S.Miloserdovalarning                (1974)

            O‘zbekistonning  turli  lalmi  mintaqa  bo‘z  tuproqlarining  suv  tartiboti
            bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishlarini keltirish mumkin.
                   A.S.Miloserdova  (1978)  O‘zbekistonning  lalmi  tepalik  -  tekislik
            mintaqalari  bo‘z  tuproqlarining  suv  tartibotini  o‘rgandi.  Kuzatilgan

            maydonlarning (Zarafshonda G‘allaorol tumani yalangdasht tuproq iqlim
            okrugida  Zomin  tumani)  yuqori  qismi  (profili)  tipik  bo‘z  tuproqlarga
            mansubligi  aniqlandi.  G‘allaorolning  yuvilgan  pastlik  maydonlari  bo‘z-

            o‘tloqiga,  Zomin  tumani  tuproqlari  esa  allyuvial  -  gidromorf  bo‘z
            tuproqlarga  kiritildi.  O‘rganilgan  hudud  tuproq  qoplamining  bir  jinsli
            bo‘lmaganligiga  bog‘liq  ravishda  relefning  tepalik  va pastlik  elementlari

            tuproqlari  suv  tartibotida  sezilarli  tafovutlar  belgilandi.  Yuqorigi
            maydonlar tuprog‘ining suv tartiboti impermatsid tipga kiritildi. Atmosfera
            yog‘ingarchiliklari bu sharoitlarga tuproqni qurg‘oqchil yillar 20-40, 20-60

            sm gacha namgarchilikli yillar esa 100-120 sm chuqurlikgacha namlaydi.
                   G‘allaorol tumanining pastlik maydonlari bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining
            suv  tartiboti  desuktiv  -  terlovchi  tipga  kiritildi.  Mazkur  sharoitlarda
            atmosfera  yog‘ingarchiliklari  yuza  joylashgan  er  osti  sizot  suvlariga

            kapillyar naylar orqali qo‘shilib ketadi va butun namlik sarfi tuproqning
            1,5-2 metrli qatlamidan ketadi-yu er osti sizot suvlarining kapillyar naylari
            odatdagi  va  namgarchilikni  yillar  200  sm  chuqurlikda  joylashadi.  Yozgi

            davrda kuchli qurishga tuproqning faqatgina metrli qatlami duchor bo‘ladi,
            bunda namlik 3 m gacha chuqurlikka tushib ketadi.
                   Allyuvial-gidromorf  sharoitli  bo‘z  tuproqlarning  suv  tartiboti  ikki
            yoqlama  joylashadi.  Binobarin,  atmosfera  yog‘ingarchiliklari  etarlicha

                                                            168
   168   169   170   171   172   173   174   175   176   177   178