Page 170 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 170
Yog‘in-sochin miqdori kam bo‘lganligi sababali tuproq ustki qatlami
(1-1,5 m) suv almashishi bilan band bo‘ladi. Namlik ko‘rsatkichi DNS dan
O‘SN o‘rtasida tebranib turadi. O‘SN bilan harakterlanadigan qatlam 0-40
sm ni tashkil etib, odatda, yoz oylarida kuzatiladi. Tabiiy nam bilan
mazkur maydonlar ta’minlanmagan. Bu maydonlarda qurg‘oqchilik xavfi
kutiladi.
Terlaydigan suv rejimi - sizot suvlari yuza joylashgan tuproqlarga
xosdir. Bunda yog‘in-sochin va sizot suvlari asosiy manba hisoblanadi.
Sizot suvi muttasil yuza joylashganda tuproq hamma vaqt nam holda
turadi, birmuncha chuqurroq joylashganda esa, sizot suvi yuzada bo‘lgan
davrdagina kapillyarlar orqali nam kelib turadi. Sizot suvlari sathi
pasayganda kapillyarlardan nam butunlay ko‘tarilmay qo‘yadi yoki juda
kam ko‘tariladi, tuproq ma’lum chuqurlikkacha qurib qoladi. Bu suv
rejimida bug‘lanish va transpiratsiyaga yog‘in suvidan ko‘ra ko‘proq suv
sarf bo‘ladi. Mazkur maydonlar tabiiy namlik bilan juda past darajada
ta’minlangan bo‘ladi. Shuning uchun ham tuproqdagi namlik ko‘rsatkichi,
asosan, sizot suvlaridan keladigan kapillyar suvlar hisobiga o‘zgarib
boradi. Bordi-yu, sizot suvi chuqur joylashgan bo‘lsa tuproqning namligi
O‘SN darajasidan ham pastga tushib, MG ko‘rsatkichiga yaqin kelib
qoladi. Bunday sharoitda tuproq qurg‘oqchiligi vujudga keladi.
Muzlagan suv rejimi - shimoliy sovuq viloyatlar tuproqlariga xosdir.
Muzlagan qatlamning yozda uncha chuqur erimasligi, suv
o‘tkazuvchanligini va yoz davrida haroratning pastligi va
yog‘ingarchilikning ko‘pligi, bug‘lanish va desuksiyaning kamligi tufayli
tuproq yil bo‘yi juda nam bo‘lib turadi. Yil davomida tuproq-gruntning
atigi 0,4-0,6 m qatlami suv almashinishi bilan band bo‘ladi.
Irrigatsion suv rejimi – sug‘orib dehqonchilik qilinadigan sharoitda
tuproqning qo‘shimcha ravishda namlanishi natijasida ro‘y beradi. O‘sish
davrida tuproqning ko‘plab marotaba namlanishi bu tipdagi suv rejimining
muhim xususiyatidir.
Tuproq suv rejimi tipini ajratishda mazkur maydonning tabiiy nam
bilan ta’minlanganlik darajasini hisobga olish zarur. Bu ko‘rsatkich
quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
e = MA
E
bu erda,
e – ma’lum maydonni nam bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi;
A-yillik yog‘in-sochin miqdori mm suv ustunida;
165