Page 165 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 165
pastki tomonidan belgilangan chiziqqacha) kiritiladi. Silindrning yuzasi
2
400 sm ga teng. So‘ng ikkinchi silindr ham o‘rnatiladi. Ikkinchi
2
silindrning diametri 45 sm, yuzasi esa 1600 sm ga teng. Ikkinchi
silindrning atrofi tajriba maydonchasidagi suvni chetga chiqib ketishidan
saqlash uchun tuproq bilan yaxshilab zichlanadi.
22-rasm. PVN apparatining umumiy ko‘rinishi
23-rasm. PVN apparatining ish vaqtidagi ko‘rinishi
Odatda, berilgan suv, ayniqsa ma’lum bosim ostida berilsa,
tuproqning pastki qatlamlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (vertikal yo‘nalishda)
harakatlanmasdan, balki yon tomonlarga (gorizontal yo‘nalishda) siljishga
urinadi. Shuning uchun ham har bir tajribada himoya vazifasini o‘tovchi
tajriba maydonchasi bo‘lishi lozim. Bunday vazifani PVN apparatidagi
tashqi katta silindr bajaradi. Bu silindrda tajriba davomida ketgan suvning
miqdori hisobga olinmaydi. Bu silindr, o‘rtacha joylashtirilgan kichik
silindrdagi suvning tuproq qatlamlari bo‘ylab faqat vertikal yo‘nalishini
ta’minlaydi. Suv sarfi mana shu – kichik silindrdan hisobga olinadi.
160