Page 161 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 161
qatlamlari uchun kamida 5, keyingi chuqurliklardan esa 3-4 marta olinishi
shart.
Uchinchidan namlikni o‘rganish uchun mo‘ljallangan maydoncha
kanal va sug‘orish shahobchalaridan uzoqroqda joylashgan bo‘lishi shart.
To‘rtinchidan tabiiy namlikni aniqlash mo‘ljallangan ishlarni
(sug‘orish, hajm og‘irlikni aniqlash, dala nam sig‘imini o‘rganish va h.k)
bajarish arafasida amalga oshirilishi lozim.
Tuproq xaritalarini tuzish, meliorativ ishlar va tuproq suvi fizik
xossalarini o‘rganishga doir ishlarda namlikni sizot suvlari
chuqurligigacha, agarda sizot suvlari chuqur joylashgan bo‘lsa 3-4 m
chuqurlikkacha o‘rganish tavsiya etiladi. Namlikni o‘rganish, albatta,
genetik qatlam chuqurligini hisobga olgan holda bajariladi. Namlikni
aniqlash uchun tuproq o‘rasining devoridan yoki maxsus parmalar
yordamida namuna olinadi. Bordi-yu, genetik qatlamlar 10 sm gacha yoki
undan kam bo‘lsa, butun qatlamdan bitta namuna olinadi, agarda 10 sm
dan ko‘p bo‘lsa 2 yoki undan ko‘proq namuna olinadi.
Namlikni o‘rganish uchun oldindan o‘lchangan va raqamlangan
alyumin stakanchalar bo‘lishi lozim. Bu stakanchalar maxsus yashiklarda
100 donadan joylashtiriladi. Butun ma’lumotlarni yozib borish uchun dala
daftari bo‘lishi shart. Har bir maydonchadan olingan tuproq namunasi shu
stakanchalarga solinib, dala daftariga qayd qilinadi va maxsus statsionar
laboratoriyaga yuboriladi.
Laboratoriyada namlik termik uslub yordamida aniqlanadi, ya’ni
tuproq namunasi 4-6 soat davomida termostatda 105-110 issiqlikda
0
quritiladi va qayta tortiladi. Yanada to‘g‘ri ma’lumot olish uchun tuproq
namunasi ikkinchi marta 2 soat davomida quritiladi va o‘lchanadi. Tahlil
vaqtida ma’lumotlarni yozib borish tartibi gigroskopik namlikni aniqlash
jadvali tartibidagidek bo‘ladi.
Namlik quyidagi formula asosida hisoblanadi:
ω= a б 100
б в
bu erda,
ω – tabiiy namlik, quruq tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida;
a – stakanchaning ho‘l tuproq bilan og‘irligi, g;
b – stakanchaning quruq tuproq bilan og‘irligi, g;
(a-b) – parlangan suv miqdori, g;
(b-v) – quruq tuproq og‘irligi, g.
Olingan ma’lumotlar quruq tuproq massasiga yoki uning hajmiga
nisbatan foiz hisobida berilishi mumkin. Agar bir qancha genetik
156