Page 156 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 156

3
            m /ga  teng.  To‘la  to‘yintirish  uchun  zarur  bo‘lgan  suv  miqdori
            quyidagicha hisoblanadi:

                                                            3
                    10000 x 1 x 50/100 = 3300 m /ga suv kerak bo‘ladi, ya’ni 330 mm
            suv  ustunini  tajriba  maydonchasida  vujudga  keltirish  lozim.  Ko‘pgina
            tajribalar  ko‘rsatadiki,  tuproq  mexanik  tarkibiga  ko‘ra  uning  1  m  li
                                                                                3
            qatlamini to‘la namlash uchun odatda, 1500-3500 m /ga suv etarli bo‘ladi.
            Tuproq qatlamlari namligi yuqori bo‘lsa bu miqdor biroz kamayadi, past
            bo‘lsa,  aksincha  bu  miqdor  oshadi.  Yuqorida  bayon  etilgan  ishlar

            bajarilgandan so‘ng bevosita DNS ni aniqlashga kirishiladi.
                    Tuproqni  to‘la  to‘yintirish  uchun  hisoblab  chiqilgan  suv  tajriba
            maydonchasiga  birdaniga  berilmasligi  lozim.  Uni  bir  necha  qismlarga
            bo‘lib-bo‘lib  berish  kerak,  chunki  hamma  suv  birdaniga  berilsa,

            birinchidan  suvning  chetga  chiqib  ketish  xavfi  tug‘iladi.  Ikkinchidan,
            tuproq qatlamlarida havo bo‘shlig‘ining paydo bo‘lib qolishi bilan suvning
            tuproqqa  singish  tezligi  o‘zgaradi  va  nihoyat  bu  DNS  ko‘rsatkichiga

            teskari  ta’sir  etadi.  Tuproqni  suv  bilan  to‘yintirish  ishlarini  yaxshisi
            kechasi  olib  borish  lozim.  Agarda  buni  iloji  bo‘lmasa  ishni  ertalab
            boshlash  kerak.  YOz  kunlari  havo  haroratining  ancha  yuqori  bo‘lishi
            suvning fizik parlanishiga (suv yuzasidan) sabab bo‘ladi. SHuning uchun

            tajriba  oxirida  10-20  l  suvni  qo‘shimcha  qo‘yish  tavsiya  etiladi.
            Hisoblangan  suv  batamom  berilgandan  so‘ng  tajriba  maydonchasining
            yuzasi namlikni tuproqdan parlanib ketishini kamaytirish  maqsadida eng

            oldin  dag‘al  bo‘lmagan  o‘tlar  yoki  daraxt  shox-shabbalari,  polietilen
            plyonka uning ustiga iloji bo‘lsa yana o‘t, shox-shabba va oxirida 35-40
            sm  li  tuproq  tortiladi.  Bunda  tuproq  qatlamlaridagi  ortiqcha  suvlarning

            pastki qatlamlarga oqishi uchun sharoit yaratiladi.
                    Ortiqcha  gravitatsion  suvlarning  pastki  qatlamlarga  oqishi  tuproq
            granulometrik  (mexanik)  tarkibiga  qarab  xilma-xil  tezlikda  bo‘ladi.

            SHuning uchun ham DNS tajriba tamom bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt
            o‘tishi bilan aniqlanadi. Binobarin, soz mexanik tarkibli tuproqlarda DNS
            tajriba  maydonchasi  berkitilgan  kundan  boshlab  3-5,  o‘rtacha  mexanik
            tarkibli  tuproqlarda  2-3,  engil  va  qumli  tuproqlarda  esa  1-2  kunlarda

            aniqlanadi. Belgilangan kunlar o‘tishi bilan tajriba maydonchasining usti
            ochiladi va undan kerakli qatlamgacha har 10 sm chuqurlikdan 3-5 marta
            maxsus  burg‘ular  yordamida  namuna  olinadi.  Namuna  mo‘ljallangan

            nuqtalardan  konvert  usulida,  hech  bo‘lmasa  uchburchak  usulida
            maydonchaning  markaziy  qismiga  yaqin  joyidan  tanlanadi.  Agarda  bu
            nuqtalar  maydonchaning  chetki  qismlarida  joylashtirilsa,  olingan
            ma’lumotlar  bir  oz  noto‘g‘ri  bo‘lishi  mumkin,  chunki  maydonchaning

                                                            151
   151   152   153   154   155   156   157   158   159   160   161