Page 153 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 153
(Nikolaev uslubida K2SO4 tuzining to‘yingan eritmasi ustida)
joylashtirilib, yuqorida bayon etilgan ishlar bajariladi.
O‘simlikning so‘lish namligini aniqlash
O‘simlikning so‘lish namligini aniqlashda ko‘pgina uslublar taklif
etilgan (Dolgov, Fedorovskiy va boshqalar uslublari). Biz quyida
g‘o‘zaning so‘lish namligini aniqlashning S.N.Rijov va N.I.Zimina
uslublarini keltirib o‘tamiz.
Ish tartibi: maydalangan va teshiklari 1-2 mm li elakchadan
o‘tkazilgan havo quruqligi holatidagi tuproq 200-250 ml li stakanga
solinadi. Tuproqni stakanga solishdan oldin stakan ostiga shag‘al yoki
yirik qum qatlamini vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu
qatlam suv va havo harakatini yaxshilaydi. Stakanning ustki 2,0-2,5 sm li
qismi qoldiriladi. Stakan atrofi o‘simlik ildizlarini to‘g‘ri tushadigan
quyosh nurlaridan saqlash maqsadida qog‘oz bilan o‘raladi.
Stakanni tuproq bilan to‘ldirib, biroz silkitiladi, ustki qismiga esa
yaxshi saralangan qum solinadi. Qum qatlami stakandagi namlikni
saqlaydi. Tahlil uchun tayyorlangan stakanlar raqamlanadi va ular suv
bilan to‘ldiriladi. Suvni berish qum qatlami orqali amalga oshiriladi.
So‘ngra namlab undirilgan chigit stakanga ekiladi. Chigitni qum
qatlamining pastki qismiga qadaladi. So‘ngra stakanning ustki qismini
kuchli qizib ketishdan saqlash maqsadida yupqa paxta qatlami bilan
berkitiladi. Stakanni to‘g‘ri tushadigan quyosh nuridan saqlanadi, yagana
qilinadi, ertalab, kechqurun suv quyib turiladi. Bu hol niholda to‘rinchi
chinbarg paydo bo‘lguncha davom ettiriladi. Beshinchi chinbargning
paydo bo‘lishi bilan stkanchaga suv berish batamom to‘xtatiladi.
Stakandagi tuproqning yuza qismi biroz namligini yo‘qotgandan so‘ng
yuzasiga mos holda qog‘ozda shakl kesiladi va berkitiladi. So‘ngra
qog‘ozning usti uncha issiq bo‘lmagan parafin va vazelin (4:1) aralashmasi
bilan berkitiladi.
Havo almashinishini ta’minlash maqsadida yuzasi nina bilan bir
necha joyidan teshib qo‘yiladi va stakanlar maxsus soya joyda saqlanadi.
G‘o‘za navining keyingi rivojlanishi faqatgina stakanda mavjud bo‘lgan
namlik hisobida bo‘ladi. Parafinli qatlam mavjud namlikni fizik (tuproq
yuzasidan) parlanishdan saqlaydi. Vaqt o‘tishi bilan stakandagi erkin,
qulay suv jamg‘armasi tamom bo‘ladi. G‘o‘za nihollari barglari so‘liy
boshlaydi.
148