Page 152 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 152
Tuproqning maksimal gigroskopik namligini aniqlash
Buning uchun laboratoriyada E.A.Mitcherlix va A.V.Nikolaev
uslublaridan foydalaniladi. E.A.Mitcherlix uslubida tuproq zarrachalarini
maksimal suv bug‘lari bilan to‘yintirish maqsadida maxsus eksikatorlarda
10% li sulfat kislotasi eritmasi yordamida 96-98% nisbiy namlik vujudga
keltiriladi. Bu uslub laboratoriyalarda keng tarqalganligi bilan bir vaqtda
bir qancha noqulayliklarga ega. Birinchidan, talaba ishni bajarish vaqtida
kislotali eritma bilan aloqada bo‘ladi. Yo‘l qo‘yilgan har qanday xato
uning uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Ikkinchidan, eksikatorda 10% li
sulfat kislota konsentratsiyasi vujudga keltirilgan nisbiy namlik va harorat
natijasida o‘zgarib turadi. SHuning uchun ham ba’zan bu uslubdan
cheklangan holda foydalanib A.V.Nikolaev uslubiga murojaat qilinadi.
A.V.Nikolaev uslubida eksikatordagi 94-96 % nisbiy namlik K2SO4
tuzining to‘yintirilgan eritmasi yordamida hosil qilinadi. Nisbiy namlik
atrof muhitning iqlim o‘zgarishlari ta’sirida deyarli o‘zgarmaydi. Bu
qulaylik mazkur uslubni keng qo‘llanilishiga imkon beradi.
Ish tartibi: maksimal gigroskopik suvni aniqlash uchun
tayyorlangan tuproq namunasidan 5-10 g olinadi. Tuproq termostatda
quritilgan og‘zi yopiladigan stakanchaga solinadi (buning uchun diametri 5
sm va balandligi 3 sm li shisha stakanchalardan foydalaniladi). Stakancha
tuproq bilan analitik tarozida tortiladi, so‘ngra og‘zi ochiq holda maxsus
eksikatorda (Mitcherlix va Nikolaev uslublari asosida tayyorlangan
eksikatorlarda) qo‘yilib, og‘zi darhol berkitiladi. 3-4 kundan so‘ng
eksikatordan juda ehtiyotkorlik bilan stakanchalar (berkitilgan holda
o‘lchashdan oldin toza, oq material bilan artilishi lozim) olinib tortiladi.
So‘ngra og‘zi ochiq holda qayta eksikatorga joylashtiriladi. O‘lchash 2-3
kundan keyin yana takrorlanadi. Stakanchalarda o‘zgarmas og‘irlik hosil
qilguncha o‘lchash davom ettiriladi. Suv bug‘lari bilan to‘liq to‘yintirilgan
stakanchalar og‘irlik o‘zgarmagandan so‘ng termostatga quritish uchun
qo‘yiladi. Bundan keyingi ishlar gigroskopik namlik aniqlash kabi olib
boriladi, yozish va hisoblash ishlari ham, shuningdek.
Maksimal gigroskopik ko‘rsatkich tuproq gigroskopik namligini ham
o‘z ichiga oladi. Maksimal gigroskopik namligi aniqlangan tuproq
namunasidan gigroskopik namligi aniqlangan tuproq namunasidan
gigroskopik namlikni aniqlashda foydalanish mumkin. Bunda gigroskopik
tahlil tamom bo‘lgandan keyin sovitish va o‘lchash ishlarida og‘irligi
o‘zgarmay qolgan tuproq namunasi darhol maxsus eksikatorlarda
147