Page 148 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 148

olindi.  Namunalar  madaniy  holati  yuqori,  o‘rtacha  va  zaif  bo‘lgan
            tuproqlardan  hamda  sug‘orilmaydigan  lalmi  bo‘z  tuproqlardan  iborat

            bo‘ldi.
                   Namuna  uchun  olingan  tuproqlar  hudud  jihatdan  bir-biriga  yaqin
            joylashgan.  Bu  tuproqlarning  hammasi  bir  xil  sharoitda  vujudga  kelgan,

            ammo  o‘zlashtirilishining  qadimiyligi  va  agroirrigatsion  oqiziqlar
            qatlamining qalinligi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
                   Madaniy  holati  yuqori  bo‘lgan  chirindili  akkumulyativ  qatlamli

            tuproqning agroirrigatsion yotqiziqlarining qalinligi 62 sm ga etib boradi.
            O‘sha  qatlamdan  e’tiboran  karbonatli  dog‘lar  uchraydi,  80  sm
            chuqurlikdagi qavatdan boshlab bunday dog‘lar keskin ravishda ko‘payadi.
                   Madaniy  holati  o‘rtacha  bo‘lgan  tuproqda  gumusli  agroirrigatsion

            qatlam  48  sm  chuqurlikdagi  qatlamgacha  davom  etadi.  Bu  xil
            tuproqlarning  boshqa  hamma  belgilari  madaniy  holati  yuqori  bo‘lgan
            tuproqlarnikidan  farq  qilmaydi.  Madaniy  holati  yomon  tuproqlarda

            chirindili  akkumulyativ  qatlam  30  sm  li  qavatgacha  etib  boradi;  25  sm
            chuqurlikdagi  qavatdan  boshlab  karbonatli  yangi  yaralmalar  uchraydi.
            Sug‘oriladigan lalmi-tuproqlarning haydalma qavati yupqa bo‘lib, 16 sm
            dan oshmaydi, karbonatli gorizont 2,5 sm li qavatdan keyin boshlanadi.

                   Ishlanish darajasi yuqori bo‘lgan tuproqlarda, loyqali fraksiyalar va
            mayda changning ko‘payishi mexanik tarkibining og‘irroq bo‘lishiga olib
            keladi.  Mexanik  tarkibining  og‘irlashuvi  agroirrigatsion  yotqiziqlarning

            qalinlashuvi  yoki  elyuvial  berchlanish  hisobiga  ham  bo‘lishi  mumkin.
            A.N.Rozanov xuddi shu fikrni birinchi bo‘lib aytgan edi. Bunday hodisa
            keyingi  tekshirishlarda  sahro  voha  tuproqlarida  ham  isbotlandi.  Muttasil

            sug‘orish, insonning faoliyati tuproq suvi fizik xossalarining o‘zgarishiga
            katta ta’sir ko‘rsatadi.
                   34-jadval  ma’lumotlarida madaniy holati yuqori va o‘rtacha bo‘lgan

            tuproqlarning  mexanik  tarkibi  birmuncha  og‘irlashganini  ko‘ramiz.
            Bunday hodisa tuproq zarrachalari tarkibida loyli, ayniqsa, il zarrachalari
            miqdorining  oshishini  ko‘rsatadi.  Bu,  o‘z  navbatida,  tuproq  solishtirma
            yuzasining hamda uning yuza energiyasining keskin oshishiga olib keladi.

            Natijada  gigroskopiklik  va  o‘simlikning  so‘lish  namligini  birmuncha
            ortishiga sabab bo‘ladi. Madaniy holati turlicha bo‘lgan tuproqda sug‘orish
            ta’sirida  asosiy  o‘zgarish  tuproq  qatlamining  birinchi  metrida  sodir

            bo‘ladi.




                                                            143
   143   144   145   146   147   148   149   150   151   152   153