Page 143 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 143
Tuproqning harorati ko‘tarilishi bilan suvning kapillyarlardagi
harakati kuchayadi, ko‘tarilish balandligi esa pasayadi. Suvning
kapillyarlarga ko‘tarilishi nam tuproqda quruq tuproqdagidan yuqori
bo‘ladi.
Tuproq mayda zarrachalarining quyqalashib qolishiga sabab
bo‘ladigan Ca, Mg tuzlari uning suv ko‘tarish xususiyatini pasaytiradi. Na,
K, NH4 tuzlari tuproq strukturasini buzib uni mayda zarrachalarga
aylantiradi.
Namlikning har xil shakllari orasida kapillyar namlik ekinlar uchun
katta ahamiyatga ega. Chunki, u tuproq yuzasidan nam bug‘lanib ketishi
va o‘simliklar transpiratsiyasiga qarab tuproqning pastki qatlamlaridan
yuqoriga ko‘tarila boradi.
Tuproqda suvning harakatchanligi. O‘zbekistonning
sug‘oriladigan tuproqlarida (agar ular sho‘rlanmagan bo‘lsa), kapillyar
bo‘shliqlarning ko‘pligi tuproqdagi suvning, demak, oziqa elementlar
harakatchanligining oshishiga ham sabab bo‘ladi. Shunday qilib,
tuproqlarning fizik xossalari tuproq unumdorligini tartibga solish yo‘llarini
oldindan belgilaydi.
S.N.Rijov (1952, 1954) O‘zbekistondagi sug‘oriladigan tuproqlarda
samarali unumdorlikni vujudga keltirishda suvning harakatchanligiga katta
e’tibor berdi. U och tusli bo‘z tuproqlarda boshqa tuproqlardagiga nisbatan
oson harakatlanadigan suvning ko‘proq bo‘lishini aniqladi. Shunday qilib,
keltirilgan ma’lumotlar och tusli bo‘z tuproqlarning suvni bug‘lantirish
qobiliyati tipik bo‘z tuproqlarnikiga nisbatan kattaroq bo‘lishini ko‘rsatadi.
Sho‘rlanish natijasida tuproqning bug‘lantirish qobiliyati juda oz
miqdorgacha kamayishi mumkin. Buni A.A.Rode va M.M.Abramova
(1952) ning tajribalari bilan isbotlash mumkin. Tajribalarda uch xil tuproq
grunti, ya’ni strukturasiz qumoq tuproq, changlangan (maydalangan) qora
tuproq va 1-3 mm kattalikdagi qora tuproq agregatlari to‘ldirilgan va xlor
bilan nishonlangan trubkalardagi namning bug‘lanishi kuzatilgan edi.
Tajribalardan bug‘lanish tezligi ikki nuqtada vazniga nisbatan va dala
nam sig‘imi (DNS) ga teng namlik kapillyarlarni uzilish namligi (KUN)
o‘rtasida o‘zgaradi. Keyingi ma’lumotlar S.I.Rijov materiallariga ko‘ra,
mo‘l paxta hosili etishtirish uchun zarur bo‘lgan optimal namlikning eng
pastki chegarasiga mos keladi va dala nam sig‘imiga nisbatan taxminan 70
% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda, tuproq qanchalik ko‘p
agregatlashgan bo‘lsa, dala nam sig‘imi bilan kapillyarlar uziladigan
namlik o‘rtasidagi nisbiy va absolyut farq ham shunchalik kam bo‘lishi
aniqlanadi:
138