Page 140 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 140

suv o‘tkazuvchanlik shuncha yuqori, tuproq mexanik tarkibi og‘irlashgan
            sari suv o‘tkazuvchanlik pasaya boradi.

                   N.A.Kachinskiy  (1947)  ning  quyidagi  umumiy  tenglamasida  suv
            o‘tkazuvchanlikka va filtratsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘z ifodasini
            topgan:

                                                        K = f (η∙ρ·d)
                   bu erda,
                   K – filtratsiya koeffitsienti;

                   f – funksiya;
                   η – ma’lum haroratda eritmaning (suvning) yopishqoqligi;
                   ρ – tuproq kovakligi;
                   d – kovaklarning effektiv diametri.

                   Demak,  filtratsiya  –  bu  pastga  harakat  qiladigan  eritmaning
            yopishqoqoligi,  tuproq  g‘ovakligi  hamda  g‘ovaklarning  effektiv  diametri
            bilan to‘g‘ri proporsional bog‘lanishda bo‘lgan funksiyadir.

                   Tuproqqa          suv      o‘tkazuvchanligiga           ko‘ra       baho       berishda
            N.A.Kachinskiy klassifikatsiyasidan foydalaniladi. Bunda tuproq quyidagi
            guruhlarga bo‘linadi (yutilgan suv miqdori millimetr hisobida kuzatishning
            birinchi soati uchun berilgan):

                         juda yuqori – 1000 -500
                         juda yaxshi – 500 – 100

                         yaxshi – 100 – 70
                         qoniqarli – 70 -30

                         qoniqarsiz – 30 dan kam
                   Qator  meliorativ  tadbirlarni  amalga  oshirmasdan  turib  qishloq
            xo‘jaligini  yanada  rivojlantirishni  tasavvur  qilish  mushkul  bo‘lib  qoldi.

            SHo‘rlangan  erlarning  sho‘rini  yuvish,  oqava  suvlarni  chiqarib  tashlash,
            kollektor-drenaj  tarmoqlarini  qazish,  ular  o‘rtasidagi  masofani  to‘g‘ri
            belgilash, botqoqliklarni quritish kabi ishlarning hammasi tuproqning suv
            o‘tkazuvchanlik  qobiliyatini  qat’iy  hisobga  olishni  talab  qiladi.  Bundan

            tashqari, suv havzalari va kanallar qazishda ham tuproqning bu eng muhim
            xususiyatini  bilish  katta  ahamiyatga  ega.  Qisqasi,  u  yoki  bu  o‘lka

            tuprog‘ining  suv  o‘tkazuvchanlik  qobiliyati  aniqlanmay  turib,  irrigatsiya
            va melioratsiya tadbirlari kompleksini amalga oshirib bo‘lmaydi.
                   B.V.Gorbunov ma’lumotlariga qaraganda, bo‘z tuproqlar zonasidagi
            sug‘orilmaydigan  tuproqlarda  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlardan  och  tusli  bo‘z

            tuproqlarga o‘tgan sari tuproqning suv o‘tkazuvchanligi kamayadi. Bu to‘q
            tusli  bo‘z  tuproqdan  och  tusli  bo‘z  tuproqqa  o‘tgan  sari  tuproq


                                                            135
   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145