Page 135 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 135
to‘xtagan hisoblanadi. Mana shu holatda tuproq namligi aniqlansa bu
namlik o‘simlik so‘lish namligiga teng bo‘ladi.
Agarda shu davrda suv berilsa, o‘simlik yana o‘z rivojlanishini
davom etadi, lekin bunda ekinlarning hosildorligi keskin kamayadi.
D.V.Fedorovskiy tuproq namlik ko‘rsatkichi har xil bo‘lgan
sharoitda bahorgi bug‘doyning rivojlanish fazalariga ko‘ra so‘lishini
quyidagicha ko‘rsatadi (32-jadval).
32-jadval
Bug‘doyning rivojlanish fazalariga ko‘ra so‘lish namligining
o‘zgarishi
Bug‘doy o‘simligi rivojlanish fazasi, So‘lish namligi, %
kun hisobida
Naycha o‘rash fazasi, 21 kun 19,34
Boshoqlash fazasi, 31 kun 17,67
Gullash fazasi, 35 kun 15,04
Muallif ko‘rsatishi bo‘yicha, bodring - 17,78 % zig‘ir - 17,94 %,
bug‘doy -15,63 %, sho‘ra - 16,4 %, oqquray - 13,8 % tuproq namligida
so‘liydi. Bunday tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati ham sekinlashadi,
bordi-yu, namlik ko‘rsatkichi yanada pasayib, o‘simlikni qurib qolishiga
olib kelsa, bunda mikroorganizmlar hayoti ham batamom to‘xtaydi.
So‘lish namligining ko‘rsatkichi tuproqda suvda eruvchan tuzlarning
ortishi bilan oshib boradi, ya’ni bunda tuproq eritmasining konsentratsiyasi
ortadi va bu eritmani o‘simliklar o‘zlashtirishi qiyinlashadi. Masalan,
sho‘rhok tuproqlar bunga misol bo‘ladi. Birinchi qarashda sho‘rhoklar
sernam hisoblanadi, lekin bu namni madaniy o‘simlik ololmaydi.
Bo‘z tuproqlar zonasidagi qumoq tuproqlarda so‘lish koeffitsienti 5-
13 % o‘rtasida, sahro tuproqlarida esa 2-9 % o‘rtasida o‘zgarib turadi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlarda esa so‘lish koeffitsienti eng yuqori (9-10 %),
och tusli bo‘z tuproqlarda eng past (7-8 %) bo‘ladi.
S.N.Rijov, N.I.Zimina, N.F.Bespalovning ma’lumotlariga qaraganda,
sug‘orish tipik va och tusli bo‘z tuproqlardagi so‘lish koeffitsientiga
mutlaqo ta’sir qilmaydi, bu koeffitsient tuproq profili bo‘yicha ham
o‘zgarmaydi. E.I.Kochirinaning ma’lumotlariga ko‘ra, tipik bo‘z
tuproqlarning 2 m li qatlamida so‘lish koeffitsienti 7-8 % dan nariga
o‘tmaydi.
130