Page 136 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 136
Sahro zonasidagi tuproqlarda, so‘lish koeffitsientining tuproq profili
bo‘yicha o‘zgarishida muayyan qonuniyat sezilmaydi. Chunki, bu
o‘zgarishlar ona jinslarning qatlamliligi tufayli barobarlashadi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan tuproqlarida so‘lish koeffitsienti bilan
maksimal gigroskopiklik o‘rtasidagi nisbat MDH Evropa qismidaginikiga
qaraganda umuman kattaroq, so‘lish koeffitsienti ayrim hollarda ekinga
qarab ham belgilanadi (D.V.Fedorovskiy, 1948), lekin, so‘lish
koeffitsientiga ta’sir etadigan narsa, asosan, tuproqning o‘zidir.
Olingan ko‘p sonli ma’lumotlarga ko‘ra, so‘lish koeffitsienti (SK)
ning maksimal gigroskopiklik (MG) ga nisbati quyidagicha:
Bo‘z tuproqlarda – 1,75
Sahro tuproqlarida – 2,00 (2,20)
Bu nisbatning o‘zgarishida muayyan qonuniyatning bo‘lishi
aniqlanmadi.
Madaniy o‘simliklarning rivojlanishi tuproqning namligi hali so‘lish
namligidan birmuncha yuqori darajada bo‘lganda sekinlashadi, ular suv
tanqisligiga uchraydi. SHu davrda o‘simliklar sug‘orilmasa, albatta,
hosildorlik birmuncha kamayadi. Shuning uchun sug‘oriladigan
dehqonchilik sharoitida hech qachon namlikni o‘simliklarni so‘lishi
ko‘rsatkichiga tushirish kerak emas.
Mutassil yuqori hosil olish uchun, o‘simliklarni bir me’yorda suv
bilan ta’minlab tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 65-75 %
bo‘lganda qo‘shimcha suv berish taklif qilinadi.tuproq namligining bu
ko‘rsatkichi O‘SN bir qancha yuqori bo‘lib, S.N.Rijov bu namlikni
optimal namlikning quyi chegarasi, A.A.Rode esa kapillyarlarning uzilish
namligi (KUN) deb yuritishni taklif etgan. O‘SN esa foydali suvning quyi
chegarasi hisoblanadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, o‘simliklar
uchun faqatgina harakatchan, suyuq holatdagi tuproq suvigina foydali suv
hisoblanadi.
Tuproq namligi o‘simliklarni so‘lish namligidan past ko‘rsatkichda
madaniy o‘simliklar uchun batamom foydasiz suv shakliga o‘tadi.
Tuproq namligi so‘lish koeffitsientiga yaqinlashgan sari, xususan,
so‘lish koeffitsientidan maksimal gigroskopiklikka o‘tish intervalida
mikroorganizmlarning ham namdan foydalanishi kamayadi.
D.M.Novogrudskiy (1947) ma’lumotlariga ko‘ra, namligi maksimal
gigroskopiklikka teng bo‘lgan sahro tuproqlarida nitrifikatsiya jarayoni
mutlaqo yuz bermaydi, namlik bir yarim maksimal gigroskopiklikka teng
bo‘lganda, bu jarayon tezlashadi.
131