Page 134 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 134
Tuproq gidrologiyasida “so‘lish koeffitsienti” terminini birinchi
bo‘lib Briggs va Shants (1912) kiritgan. Biroq, bu terminni 1948 yilda
S.I.Dolgov “So‘lish namligi” deb atashni taklif etdi.
Briggs va Shants o‘zlari taklif qilgan “so‘lish koeffitsienti” terminini
isbotlash uchun 1318 ta kuzatish olib bordilar. Kuzatishlarning 163 tasi
bug‘doy, 138 tasi dukkakli ekinlar bilan olib borildi. Olingan ma’lumotlar
asosida mualliflar quyidagi xulosaga keldilar:
Hamma o‘simliklar bir xil namlik darajasida so‘liydilar.
So‘lish koeffitsienti o‘simlikning yoshi bilan bog‘liq.
So‘lish koeffitsienti tuproqning tipi va turiga (granulometrik
tarkibiga) ko‘ra o‘zgaradi, ya’ni bir xil o‘simlik yoki hamma
o‘simliklar har xil tuproqlarda turlicha so‘lish koeffitsientiga ega
bo‘ladi.
Keyingi yillarda rus olimlari bu sohada olib borgan tekshirishlar
Briggs va SHants talqin qilgan ba’zi bir xulosalarning tajribada
isbotlanmaganligini ko‘rsatadi.
Bu o‘rinda Briggs va Shants – so‘lish koeffitsienti tuproqning tipi va
turiga bog‘liq holda o‘zgarib borishini tajribada isbotlab berdi.
Etukli rus olimi D.V.Fedorovskiy uzoq yillar davomida olib borgan
tekshirishlarida Briggs va SHtansning bir qancha xato xulosalarga
kelganini isbotladi. Jumladan, har xil o‘simlikda so‘liydilar, hattoki bitta
o‘simlik o‘zining har xil yoshida o‘ziga xos namligiga ega. Bu ilmiy
xulosa bilan Briggs va SHantsning birinchi va ikkinchi xulosalarining
noto‘g‘riligi isbotlandi.
Dastavval, o‘simlikni so‘lish holati nima va u qanday ro‘yobga
chiqadi?
Kunduzgi haroratning yuqori bo‘lishi natijasida (odatda, yoz faslida)
o‘simlik ko‘p miqdorda suvni transpiratsiya qiladi. Agarda shunday
sharoitda tuproqda o‘simlik o‘zlashtira oladigan erkin suv kam bo‘lsa,
o‘simlik barglaridagi turgorlik yo‘qoladi va u so‘liydi. Tuproqda hosil
bo‘lgan suv tanqisligi hali keskin ifodalanmaganligi tufayli turgor holat
tun davomida qayta tiklanib, ertasi va yana normal holat boshlanadi.
Lekin, kunning yana isishi va transpiratsiyaning oshishi, tuproqda suv
jamg‘armasining kamaya borishiga olib keladi. Bu hodisani qayta-qayta
takrorlanishi tufayli turg‘unlikni tiklanmasligi kuzatiladi. Bunday
sharoitda o‘simlikning so‘lish holati aniq kuzatiladi. Biroq, o‘simliklar hali
batamom qurimagan, ularda o‘sish jarayoni keskin sekinlashib, rivojlanish
129