Page 133 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 133

3
                                                                       3
                     Umumiy  suv  jamg‘armasi  -  2000  m /ga,  foydalisi  -  1000  m /ga.
                      granulometrik  tarkibi  o‘rtacha  qumoq  kuchli  sho‘rlangan
                      sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar.
                                                                       3
                                                                                                       3
                     Umumiy  suv  jamg‘armasi  -  1600  m /ga,  foydalisi  -  1100  m /ga.
                      granulometrik  tarkibi  engil  qumoq,  o‘rtacha  sho‘rlangan  o‘tloqi
                      voha tuproqlari.
                                                                       3
                                                                                                       3
                     Umumiy  suv  jamg‘armasi  -  1500  m /ga,  foydalisi  -  1000  m /ga.
                      granulometrik  tarkibi  engil  qumoq,  o‘rtacha  sho‘rlangan
                      sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar.
                   Ma’lum  o‘lka  tuproqlarini  DNS  bo‘yicha  bunday  tabaqalashtirish
            sug‘orish  hamda  sho‘r  yuvish  ishlarini  to‘g‘ri  belgilashda,  ayniqsa

            gidromodul hududlarini aniq ishlab chiqishda katta yordam beradi.
                   Madaniy  o‘simliklarning  rivojlanish  jarayonida  quruq  tuproq

            qanchalik  noqulay  bo‘lsa,  juda  sernam,  zax  tuproqlar  ham  shunchalik
            zararlidir.  Juda  sernam  tuproqlarning  ko‘pchilik  teshiklari  suv  bilan
            to‘lganligi uchun havo oz bo‘ladi. Bu esa o‘simlik ildizlarini nafas olishi
            va  mikroorganizmlarning  hayoti  uchun  sharoitni  yomonlashtirishga  olib

            keladi.  Tuproq  kovaklaridagi  suv  miqdori  havoga  nisbatan  uchdan  ikki
            bo‘lakni  tashkil  etganda  o‘simlik  va  tuproq  mikroorganizmlarining
            rivojlanishi uchun optimal sharoit mavjud bo‘ladi.

                   O‘simliklarning  so‘lish  namligi  tuproq  tarkibidagi  o‘zlashtirilishi
            oson bo‘lgan suv shakllarining bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi.
                   Tuproq o‘zida o‘simlik o‘zlashtirishi uchun qulay bo‘lgan dala nam
            sig‘imi  yoki  kapillyar  nam  sig‘imi  holatidagi  suvlarni  saqlaydi.  Vaqt

            o‘tishi  bilan  bu  suvlar  transpiratsiya  hamda  parchalanish  natijasida
            kamayaveradi.  O‘simliklarni  tuproqdan  suvni  iste’mol  qilib  olishlari
            qiyinlashadi.  Bu  holatda  tuproqda  qolgan  suvlar  kapillyar  kuchlar

            doirasidan chiqib adsorbsion va molekulyar kuchlar ta’sirida bo‘ladi. Bu
            kuchlar  ildizlarning  so‘rish  kuchidan  ustunlik  qiladi.  Natijada  o‘simlik
            hujayralariga tuproq suvining tushishi deyarli to‘xtaydi, o‘simlik o‘zining

            turgor (turg‘unlik) holatini yo‘qotadi va so‘liy boshlaydi.
                   O‘simlikning bu holatidagi tuproq namligi uning so‘lish namligi deb
            yuritiladi.

                   O‘simliklarning so‘lish namligi (O‘SN) muhim gidrologik konstanta
            bo‘lib,  uni  aniqlash  orqali  biz  ma’lum  tip  tuproqlarda  o‘simlik
            o‘zlashtirishi keskin qiyinlashadigan suv shaklini topamiz. Bu keyinchalik
            tuproqdagi foydali fiziologik suv jamg‘armasini hisoblashda qo‘llaniladi.





                                                            128
   128   129   130   131   132   133   134   135   136   137   138