Page 128 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 128
og‘ir qumoq,
100 sm
O‘tloqi-botqoq
og‘ir qumoq, 33,2 32,8 32,3 30,3 27,2 27,0 28,3 29,0 29,0 30,2
150 sm
29-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, barcha hollarda ham tuproq qatlami
er betiga yaqinlashgan sari namlik kamayadi. Birorta qatlam ham muttasil
sernam holda saqlanmaydi. Demak, bu holda tuproq nami kapillyar yo‘llar
orqali ko‘tariladigan qatlamning qalinligi 3 m dan oshadi. Bu joyda
tekshirilayotgan kesma tuproq profili pasaygan sari teshiklarning diametri
osha borganini uqtirib o‘tish kerak (bu, tuproq profili pasaygan sari tuproq
mexanik tarkibi engillashuvining natijasidir).
Dala nam sig‘imi kattaligiga granulometrik tarkibning ta’siri
masalasiga o‘tishdan oldin, tuproqning barcha turlari, shu jumladan qumlar
ham A.A.Rode tuzgan klassifikatsiyalar bo‘yicha 3 guruhga, ya’ni mayda
zarrali tuproqlar guruhiga kiritilishi zarurligini aytib o‘tish lozim.
Sug‘oriladigan zonadagi tuproqlarning barcha tiplarida xuddi shu
fraksiyalar (ya’ni, yirik chang) ko‘pchilikni tashkil etadi. A.A.Rode
ko‘rsatishicha, bu fraksiyalar yirik zarrali tuproqlarni mayda zarrali
tuproqlardan ajratadigan chegara bo‘lib xizmat qiladi. SHu sababli
O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlarida dala nam sig‘imi o‘ziga xos
alohida xossalarga ega. Ko‘pincha, bu xossalar gruntning qatlamliligi
tufayli vujudga keladi.
Gidromorf tuproqlarda esa, mexanik tarkibdan qat’iy nazar, er osti
suvlarining siqilishi (ko‘tarilishi) hisobiga dala nam sig‘imi hamma vaqt
katta bo‘ladi (30-jadval).
30-jadval
Er betidan bir metr qalinlikdagi qatlamlarda tuproqning dala nam
sig‘imi, vazniga nisbatan % hisobida (Amudaryo quyi oqimi)
Tuproq tiplari Soz Qumoq tuproq Qumoq Qum O‘rtacha
tuproq Og‘ir o‘rtacha engil hisobida
Botqoq-o‘tloqi 28,5 - - - - - 28,5
O‘tloqi 26,7 26,8 23,3 22,3 24,5 23,8 25,8
Hozirgi
sho‘rhoqlar 26,9 26,5 23,5 22,7 25,0 22,4 24,8
Taqirli tuproqlar 23,8 22,6 22,0 20,4 - 17,3 22,4
Taqirlar 24,5 24,3 22,22 21,4 - - 23,3
123