Page 127 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 127

sig‘imi  yuqoridan  pastga  tomon  qonuniy  ravishda  kamayib  boradi.
            Tuproqning  yuqorigi  qatlamlari  katta  g‘ovaklikka  hamda  chirindi

            moddalariga  boy  bo‘lganligi  sababli  dala  nam  sig‘imi  ko‘rsatkichi  bu
            qatlamlarda yuqori bo‘ladi. Agarda tuproq profili xilma-xil granulometrik
            (mexanik)  tarkibidan  iborat  bo‘lsa,  osilgan  kapillyar  suvning  miqdori

            yuqoridagi  qonuniyatga  bo‘ysunmaydi,  bunda  DNS  bir  qatlamni  tashkil
            etgan mexanik tarkibga bog‘liq bo‘ladi.
                   Ma’lumki, dala nam sig‘imi suvning yuqoridan singishi yoki pastdan

            kelishidan qat’i nazar, asosan quyidagilarga qarab belgilanadi:
                   1)  er  osti  suvlarining  chuqurligi  (og‘irlik  kuchi  ta’sirida  harakat
            qiladigan gravitatsion suv uchun);
                   2) tuproq gruntining granulometrik tarkibi;

                   3) agregatliligi;
                   4) qovushmaning zichligi.
                   Keyingi  ikki  omil,  tuproq  tarkibidagi  gumus  va  singdirilgan

            asoslarning miqdori O‘zbekiston sharoitida muhim ahamiyatga ega emas
            (ammo sho‘rtoblanish hodisasi bular qatoriga kirmaydi).
                   29-jadvalda dala nam sig‘imiga er osti suvlari chuqurligining ta’sirini
            ko‘rsatuvchi ma’lumotlar kiritilgan. 1 m li qatlamda dala nam sig‘imi o‘rta

            hisob bilan o‘tloqi voha tuproqlarida 27 %, 1,5 m li da esa 30 % ni tashkil
            etadi.
                   S.N.Rijov  ko‘rsatmalari  bo‘yicha,  er  osti  suvlari  sathi  keyinchalik

            pasayganda ham 1 m qalinlikdagi tuproqda dala nam sig‘imi o‘zgarmaydi.
            Bunda  er  suvlarining  pastdan  siqilishi  tufayli  harakatlanishi  shu  1  m  li
            qatlamning pastki 50 sm li qavatidan yuqoriga o‘tmaydi. Lekin, bu holat

            hamisha bir xil bo‘lavermaydi.
                                                                                                29-jadval
                             Dala nam sig‘imi tuproq vazniga nisbatan, %


               Tuproq turi
                va er osti     0-10  10-20  20-30  30-40      40-50    50-60  60-70  70-80  80-90        90-100
                suvining
                chuqurligi
              O‘tloqi voha,
                 o‘rtacha      28,7   26,7    26,6    27,3     27,3     27,3    28,5     31,8    31,8     31,8
                 qumoq,
                 100 sm
               O‘tloqi voha
                 o‘rtacha      28,9   27,2    28,9    28,8     29,0     26,7    26,6     26,6    27,1     26,7
                 qumoq,
                 150 sm
              O‘tloqi-botqoq  34,2    33,1    32,3    32,5     31,2     29,7    28,8     29,1    29,8     30,0

                                                            122
   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132