Page 123 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 123
1,00 1956 11,930 2600 14,530 82,1
1,50 1954 6390 4380 10770 59,4
1,50 1954 4500 4500 9000 50,0
1,75 1954 2960 4360 7320 50,4
2,00 1955 1700 5420 7120 23,9
2,00 1956 2380 4770 7150 33,3
2,50 1955 970 5500 6520 14,6
2,50 1956 600 5430 6030 10,0
3,00 1955 790 5500 6290 12,5
Sizot suvi sathi chuqurlasha borgan sari tuproq qatlamlarining ham namlanish
darajasi o‘zgaradi (18-rasm).
18-rasm. Sizot suv sathidan tuproq profilida namlikning tarqalishi:
1-soz; 2-og‘ir qumoq; 3-o‘rtacha qumoq; 4-engil qumoq; 5-qumloq; 6-qum; 7-tuproq
kesimi devorining ochiq qoldirilgan holatdagi namligi; 8-tuproq kesimi devorining
tozalangan holatdagi namligi; 9-sizot suvlari sathi I, II, III - namlanish zonalari.
Tuproqning sizot suvlari turgan joyi ustidagi tutash kapillyar namlik
qavati kapillyar hoshiya (KH) deb ataladi. Bu qatlamda tuproqning eng
ko‘p nam sig‘imiga to‘g‘ri keladigan miqdordagi kapillyar suv bo‘ladi.
Kapillyar hoshiya (KH) qavatida dala sharoitida tuproq kesmasining
devoridan tuproq namligini ikki holatda aniqlash orqali bilish mumkin.
Bunda sizot suvlari chuqurligigacha qazilgan tuproq kesmasi 2 kun
davomida ochiq holatda qoldiriladi. Bundan maqsad tuproq kapillyarlarida
(qatlamida) bo‘lgan suvni parlanib ketishi uchun sharoit yaratishdir.
Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng tuproq kesmasining quyosh nuri tik
tushmagan devoridan (sharqiy va shimoliy) sizot suvi chuqurligigacha har
10 sm dan namlikni aniqlash uchun namuna olinadi (birinchi holat).
So‘ngra, mana shu kesma devori darhol 20-25 sm qalinlikda qayta
tozalanadi va yana yuqoridagi tartibda namuna olinadi (ikkinchi holat).
118