Page 125 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 125

Sizot  suvlarining  joylashish  chuqurligi  hamda  ularning  kapillyar
            hoshiyasi qalinligini aniqlash sug‘oriladigan zona dehqonchiligida muhim

            amaliy ahamiyatga ega. Chunki, bunday tuproqlarga beriladigan yillik suv
            miqdorini  belgilashda  sizot  suvlari  va  ularning  holatiga  katta  e’tibor
            beriladi.

                   Shunday qilib, sizot suvlari ko‘p hollarda madaniy o‘simliklar uchun
            asosiy  suv  manbai  vazifasini  o‘taydi.  Agarda  sizot  suvlari  u  yoki  bu
            darajada minerallashgan bo‘lsa, ular erni qayta sho‘rlanishga olib keladi.

            Buning oldini olish maqsadida zovurlar qazish kabi tadbirlar ko‘riladi.
                   Gravitatsion  suv  deb, yog‘in  - sochindan yoki sug‘orishdan so‘ng
            hosil  bo‘lib,  erning  tortish  kuchi  ta’sirida  o‘z  og‘irligi  bilan  tuproqning
            pastki qatlamlari yoki tuproqning kapillyar va nokapillyar g‘ovakliklarini

            to‘ldirgan  holda  yon  atrofga  erkin  oquvchi  suvga  aytiladi  (15-rasm,  5
            holat). Gravitatsion suvni ba’zan filtratsion suv deb ham yuritiladi.
                   Gravitatsion suv tuproqda qatlamlar orasida tarqalib, kapillyar suvga

            aylanadi  yoki  sizot  suvlariga  qo‘shiladi.  Gravitatsion  suvni  ham
            o‘simliklar juda yaxshi o‘zlashtiradi, lekin bu suvning tuproqda uzoq vaqt
            saqlanib  qolishi  tuproq  havosining  siqib  chiqarilishiga,  o‘simlik  va
            mikroorganizmlar uchun havo etishmay qolishiga sabab bo‘ladi. Bundan

            tashqari  tuproq  holati  va  suv  sig‘imini  hisobga  olmay  me’yordan  oshiq
            erga  beriladigan  suv,  birinchidan  tuproqdagi  oziq  moddalarni  sizot
            suvlarigacha  yuvib  tushirsa,  ikkinchidan  sizot  suvlari  sathining

            ko‘tarilishiga  sabab  bo‘ladi.  Har  ikkala  holatda  ham  xo‘jalik  juda  katta
            zarar  ko‘rishi  mumkin.  Ayniqsa,  sizot  suvlarining  tuproq  yuzasiga
            yaqinlashishi,  agar  uning  oqimi  yomon  bo‘lsa,  (masalan,  Mirzacho‘l),

            tuproqning sho‘rlanishi va botqoqlanishiga sabab bo‘ladi. Sho‘rlangan va
            botqoqlangan  tuproqlarni  yaxshilash  va  ularni  unumdor  qiladigan  ishlar
            qanchalik og‘ir ekanligi dehqonlarimizga ma’lum.


                      §4.2. Tuproqning suv xossalari va ularni aniqlash usullari

                   Tuproq  qatlamida  saqlanadigan  suvning  holatini  belgilovchi  uning

            barcha xossalari yig‘indisiga suv (suv-fizik, gidrofizik) xossalari deyiladi.
            Tuproqning suv xossalariga tuproqning suvni ushlab turish qobiliyati, nam
            sig‘imi,  suv  o‘tkazuvchanligi  va  suv  ko‘taruvchanligi  kabi  xususiyatlari

            kiradi.
                   Tuproqning  suvni  ushlab  turish  qobiliyati  tuproqning  muhim
            xossalaridan  biri  bo‘lib,  suvni  oqib  ketishdan  saqlab,  namni  ushlab  tura
            olish  qobiliyati  hisoblanadi.  Tuproqning  suvni  ushlab  tura  olish

                                                            120
   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130