Page 120 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 120
Har xil mexanik tarkibli tuproqlarda kapillyar ko‘tarilish tezligi va
balandligi laboratoriya sharoitida (modelda) balandligi 120 sm li shisha
trubkalarda quyidagi variantlarda o‘rganildi:
1) changli qum;
2) engil qumoq;
3) o‘rtacha qumoq;
4) engil soz;
5) qumloq (0-30 sm), o‘rtacha qumoq (30-60 sm), og‘ir qumoq (60-
90 sm), soz (90-120 sm);
6) og‘ir qumoq (0-30 sm), o‘rtacha qumoq (30-60 sm), qumoq (60-
90 sm), qum (90-120 sm);
7) o‘rtacha qumoq (0-30 sm), soz (30-50 sm), og‘ir qumoq (50-80
sm), qum (80-120);
8) og‘ir qumoq (0-30 sm), engil qumoq (30-50 sm), soz (50-70 sm),
qum (70-90 sm), og‘ir qumoq (90-120 sm);
9) og‘ir qumoq (0-20 sm), qumloq (20-40 sm), qum (40-60 sm), soz
(60-80 sm), o‘rtacha qumoq (80-100 sm), engil qumoq (100-120 sm).
16-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kapillyar
ko‘tarilish tezligi granulometrik tarkibi har xil tuproqlarda juda xilma-
xildir. Changli qumlarda eng katta kuzatilgan balandlik 120 sm. Changli
qumda ko‘tarilish 264 soat davomida amalga oshdi. Mexanik tarkib
og‘irlashgan sari bu ko‘rsatkich engil qumoq tuproqda 950 soatga, o‘rtacha
qumoqda 1842 soatni, engil sozda esa 3000 soatni tashkil etdi.
16-rasm. Har xil mexanik tarkibli tuproqlarda kapillyar suvlarning ko‘tarilish
tezligi
Tuproq profilida mexanik tarkibning pastga tomon og‘irlashuvi yoki
engillashuvi, ayniqsa mexanik tarkibi qatlam-qatlam bo‘lgan tuproqda
kapillyar ko‘tarilish tezligi va uning balandligi o‘ziga xos qonuniyatga ega.
Masalan, gruntlarning yuqoriga tomon og‘irlashgan holatida 120 sm
115